Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

YeChL. Ronaldu “Real”ni, de Bryuyne “Manchester Siti”ni yarim finalga olib chiqdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 295           Дата: 13-04-2016, 00:17          
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi musobaqasida yarim finalning ikkita ishtirokchisi nomi aniq bo‘ldi.

YeChL. Ronaldu “Real”ni, de Bryuyne “Manchester Siti”ni yarim finalga olib chiqdi

“Real” hamda “Volfsburg” juftligining Germaniyada bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinida nemis klubi 2:0 hisobida muvaffaqiyat qozongandi. “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tgan javob o‘yinida Krishtianu Ronaldu tomonidan qayd etilgan xet-trik “Real”ning yirik g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasining joriy mavsumdagi gollari sonini 10 ta o‘yinda 16 taga yetkazib oldi hamda “Real”ni yarim finalga olib chiqdi.

Kunning ikkinchi o‘yinida “Manchester Siti” hamda “PSJ” klublari “Etihad” stadionida to‘qnash keldi. Tomonlarning Parijdagi o‘yinida 2:2 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, bu safar Kevin de Bryuyne tomonidan urilgan gol “Manchester Siti”ga g‘alaba tortiq qildi.

Parijdagi bellashuvda Zlatan Ibrahimovich penaltidan aniq foydalana olmagandi. Bu safar “Manchester Siti” klubi hujumchisi Serxio Aguero 11 metrlik jarima zarbasini muvaffaqiyatsiz amalga oshirdi.

Qayd etish kerak, “Manchester Siti” o‘z tarixida birinchi bor Chempionlar Ligasining chorak finalida o‘ynadi hamda yarim final chiptasiga ega chiqdi.

Chempionlar Ligasining yana ikki yarim finalchisi nomi ertaga bo‘lib o‘tadigan “Benfika” — “Bavariya” hamda “Atletiko” — “Barselona” o‘yinlaridan keyin ma’lum bo‘ladi. Birinchi o‘yinda “Bavariya” 1:0 hisobida muvaffaqiyat qozongan bo‘lsa, “Barselona” raqibini 2:1 hisobida taslim qilgan.

Yevropa Chempionlar Ligasi
Chorak final bellashuvlari
12-aprel, seshanba

“Real Madrid” (Ispaniya) — “Volfsburg” (Germaniya) 3:0

Gollar: Krishtianu Ronaldu, 16 (1:0). Krishtianu Ronaldu, 17 (2:0). Krishtianu Ronaldu, 77 (3:0).
“Real Madrid”: Keylor Navas, Pepe, Serxio Ramos, Krishtianu Ronaldu, Toni Kroos, Karim Benzema (Xese, 84), Garet Beyl, Marselo, Kazemiro, Daniyel Karvaxal, Luka Modrich (Rafael Varan, 90+2).
“Volfsburg”: Diyego Benalyo, Viyeyrinya, Yulian Draksler (Maks Kruze, 32), Bruno Enrike (Daniyel Kalijuri, 73), Andre Shyurrle, Dante, Luis Gustavo, Joshua Gilyavogi (Bas Dost, 80), Naldo, Maksimilian Arnold, Rikardo Rodriges.

“Manchester Siti” (Angliya) — “PSJ” (Fransiya) 1:0

Gol: Kevin de Bryuyne, 76 (1:0).
Noaniq penalti: Serxio Aguero, 30 (M).
“Manchester Siti”: Jo Xart, Bakari Sanya, Fernando, Serxio Aguero (Kelechi Iheanacho, 90+3), Xesus Navas, Kevin de Bryuyne (Yaya Ture, 84), Elyakim Mangalya, David Silva (Fabian Delf, 88), Gayel Klishi, Fernandinyo, Nikolas Otamendi.
“PSJ”: Kevin Trapp, Tyago Silva, Markinyos, Tyago Motta (Lukas, 44), Edinson Kavani, Zlatan Ibrahimovich, Anxel Di Mariya, Maksvell, Serj Orye (Xavyer Pastore, 61), Gregori van der Vil, Adriyen Rabyo.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн