Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Samvel Babayan JCh–2018 turnirining 3-saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimida ishtirok etish uchun Kuala-Lumpurga jo‘nab ketdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 814           Дата: 12-04-2016, 06:49          
12-aprel, seshanba kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida futbol bo‘yicha JCh—2018 turnirining 3-saralash bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Osiyo futbol konfederatsiyasi taklifiga muvofiq, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan hamda terma jamoa menejeri Ramil Ilyosov qur’a tashlash marosimida ishtirok etish uchun Malayziyaga jo‘nab ketdi.

Samvel Babayan JCh–2018 turnirining 3-saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimida ishtirok etish uchun Kuala-Lumpurga jo‘nab ketdi

Ikkinchi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 12 ta terma jamoa 12-aprel, seshanba kuni Kuala-Lumpur shahridagi Mandarin Oriental mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan qur’adan so‘ng, JCh–2018 final bosqichiga yo‘llanma beruvchi so‘nggi saralash bosqichidagi raqiblari nomini bilib oladi.

Reglamentga ko‘ra, mazkur saralash bosqichida 12 ta terma jamoa 6 tadan ikki guruhga bo‘linadi. Guruhlarda dastlabki ikki o‘rinni egallagan termalar Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. 3-o‘rin sohiblari esa o‘zaro ikki o‘yindan iborat pley-offda ishtirok etadi. G‘olib jamoa qit’alararo pley-off uchrashuvlarida qatnashadi.

Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi qur’ada Saudiya Arabistoni bilan 3-savatchadan joy olgani ma’lum bo‘lgandi.

Ma’lumot o‘rnida, JCh–2018 turnirining 3-saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi ertaga, 12-aprel kuni Toshkent vaqti bilan 13:30 da boshlanadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн