Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Oliy Liga, 4-tur. “Paxtakor” o‘z maydonida “Nasaf”ni mag‘lub eta olmadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 600           Дата: 12-04-2016, 06:03          
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 4-tur bellashuvlariga yakun yasaldi.

Oliy Liga, 4-tur. “Paxtakor” o‘z maydonida “Nasaf”ni mag‘lub eta olmadi

Turning markaziy o‘yinida mamlakat chempionligi uchun da’vogar bo‘lgan “Paxtakor” va “Nasaf” klublari maydonga tushdi va uchrashuvda g‘olib aniqlanmadi — 1:1. Kamoliddin Tojiyev tomonidan urilgan golga, mehmonlar safida Bobur Abduxoliqov javob qaytardi.

Bellashuvning 81-daqiqasida Javohir Sohibov qizil kartochka olib, maydonni tark etganiga qaramay, No‘mon Hasanov jamoasi durang natijani saqlab qola oldi.

4-turdan keyin bir yo‘la to‘rt klub 10 tadan ochko jamg‘argan va to‘plar nisbatiga ko‘ra turnir jadvalida quyidagi ketma-ketlikda joylashgan: “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Bunyodkor”, “Qizilqum”. “Paxtakor” esa 8 ochko bilan “Metallurg”dan keyingi 6-pog‘onadan joy olgan.

Championat.asia ma’lumotiga ko‘ra, “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi Oliy Liga doirasida 16 ta uchrashuv o‘tkazgan va shularning faqatgina 1 tasida g‘alaba qozongan, yana ikkita o‘yinda durang qayd etilgan. Qarshi klubi so‘nggi uch yil davomida Toshkentda “Paxtakor”ga mag‘lub bo‘lib kelayotgandi.

Qiziqarli tomoni, 2015-yilgi mavsumda Ilgiz Tantashev boshqarib borgan ikki o‘yinda “Paxtakor” raqiblarini mag‘lub eta olmagan. 11-aprel kungi “Nasaf”ga qarshi o‘yinda ham aynan Tantashev hakamlik qildi.

O‘zbekiston Oliy Ligasi
4-tur bellashuvi
11-aprel, dushanba

“Paxtakor” — “Nasaf” 1:1

Gollar: Kamoliddin Tojiyev, 43 (1:0). Bobur Abduxoliqov, 57 (1:1).
Chetlatish: Javohir Sohibov, 81 (P).
“Paxtakor”: Nikita Ribkin, Vladimir Kozak, Azim Ahmedov, Kamoliddin Tojiyev, Davron Hoshimov, Akbar Ismatullayev (Anvar Soliyev, 73), Javohir Sohibov, Jamshid Boltaboyev, Sherzod Karimov (Adnan Oraxovats, 85), Oybek Qilichev (Jaloliddin Masharipov, 46), Igor Sergeyev.
“Nasaf”: Sanjar Quvvatov, Saydullo Rahmatov, Maqsud Karimov, Sherzod A’zamov, Shuhrat Muhammadiyev, Erkin Boydullayev, Dilshod Rahmatullayev, Bahrom Abdurahimov (Aziz G‘aniyev, 68), Artur Gevorkyan, Ilhom Shomurodov (Azamat Allaniyozov, 40), Bobur Abduxoliqov.

  • Oliy Liga, 4-tur. “Lokomotiv” Jizzaxda 2 ochko yo‘qotdi, “Bunyodkor”ga esa Satoning goli 3 ochko keltirdi

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн