Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Boks bo‘yicha sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao faoliyatini yakunlashga qaror qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 213           Дата: 11-04-2016, 18:22          
Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni, filippinlik bokschi Menni Pakyao 10-aprelga o‘tar kechasi Las-Vegas shahrida ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni, amerikalik Timoti Bredliga qarshi jang o‘tkazdi, deb xabar beradi “iSport.ua”.

Boks bo‘yicha sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao faoliyatini yakunlashga qaror qildi

12 raundlik jangda filippinlik bokschi hakamlarning yakdil qarori bilan 116:110, 116:110, 116:110 hisobida g‘alaba qozondi. Qayd etish kerakki, Pakyao 7 va 9-raundlarda AQSh vakilini nokdaunga uchratdi.

Menni Pakyao va Timoti Bredli o‘zaro uchinchi jangini o‘tkazdi. 2012-yilda amerikalik bokschi, 2014-yilda esa filippinlik charm qo‘lqop ustasi muvaffaqiyat qozongan edi. Ta’kidlash kerakki, 37 yoshli Pakyaoning Bredli bilan jangi 2015-yilning may oyida boshqa bilan amerikalik bokschi Floyd Meyvezerdan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng birinchisi bo‘ldi.

“Sports.ru” nashrining ma’lum qilishcha, filippinlik bokschi o‘tkazgan jangidan mamnun bo‘ldi. Shuningdek, Pakyao faoliyatini yakunlashga qaror qilganini ta’kidlab o‘tdi.

“Bredliga qarshi o‘tkazilgan ushbu jang avvalgi ikkisidan farq qiladi. Bu safar tajovuzkor va ancha samarali harakat qildim. Lekin osonlik bilan g‘alaba qozondim, deya olmayman. Chunki Bredli avvalgi janglardan keyin tajriba orttirib, nisbatan kuchliroq bo‘ldi”, – deydi Pakyao.

“Men hamon jang qila olaman, lekin Filippinga qaytishga va professional faoliyatimni yakunlashga qaror qildim”, – deya fikriga yakun yasadi filippinlik bokschi.

Ma’lumot o‘rnida, Menni Pakyao professional boksda 66 ta jang o‘tkazib, 58 ta g‘alaba (38 tasi nokaut bilan), 6 ta mag‘lubiyat va 2 ta durang qayd etgan. Timoti Bredli o‘tkazgan 36 ta jangning 33 tasida (13 tasi nokaut bilan) zafar quchgan bo‘lsa, 2 tasida mag‘lub bo‘lgan va 1 ta jangda g‘olib nomi aniqlanmagan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031