Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bundesliga, 29-tur. Xavyer Ernandesning goli “Bayer”ni Chempionlar Ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘ringa olib chiqdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 182           Дата: 11-04-2016, 00:54          
Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasida sovrinli o‘rinlardan birini qo‘lga kiritish uchun kurash olib borayotgan Leverkuzenning “Bayer” klubi ketma-ket to‘rtinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bundesliga, 29-tur. Xavyer Ernandesning goli “Bayer”ni Chempionlar Ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘ringa olib chiqdi

“Kyoln” maydoniga safar etgan “Bayer” 2:0 hisobida zafar quchdi. Birinchi bo‘limning 39-daqiqasida Yulian Brandt mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan besh daqiqa o‘tib Xavyer Ernandes g‘alabani mustahkamlagan golga mualliflik qildi.

24 ta o‘yinda 16 ta gol urgan Xavyer Ernandes to‘purarlar poygasida Robert Levandovski (25), Pyer-Emerik Obameyang (23) va Tomas Myuller (19)dan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

“Bayer”ning o‘zi ham Germaniya Bundesligasida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Klub mavsum yakuniga 5 ta tur qolganida 48 ochko jamg‘argan. Undan oldingi pog‘onani egallab turgan “Gerta” hisobida 49 ochko mavjud. “Bayer”dan keyin hisobida 45 tadan ochko bor uch klub bor: “Borissiya Myunxengladbax”, “Maynts” va “Shalke”.

Germaniya Bundesligasi
29-tur bellashuvi
10 aprel, yakshanba

“Kyoln” — “Bayer” 0:2

Gollar: Yulian Brandt, 39 (0:1). Xavyer Ernandes, 44 (0:2).
Chetlatishlar: Leonardo Bittenkort, 90+6 (K). Vendell, 90+6 (B).

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн