Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonlik tennischi Jo‘rabek Karimov Qarshidagi turnirning finaliga yo‘l oldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 207           Дата: 9-04-2016, 06:53          
O‘zbekistonlik Jo‘rabek Karimov Qarshi shahrida yakuniga yetib borayotgan Karshi ITF Pro Circuit tennis turnirining finaliga yo‘l oldi.

O‘zbekistonlik tennischi Jo‘rabek Karimov Qarshidagi turnirning finaliga yo‘l oldi

Xalqaro tennis federatsiyasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, dastlabki yarim finalda 17 yoshli Jo‘rabek Karimov o‘zbekistonlik boshqa bir tennischi, 17 yoshli Humoyun Sultonovga qarshi bahs olib bordi. Bir soatu 21 daqiqa davom etgan mazkur bellashuvda Jo‘rabek 6:4, 6:2 hisobida zafar quchdi.

Karimov musobaqaning ikkinchi yarim finalida chexiyalik Mixal Konechnini 3:6, 5:7 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Belarus vakili Ilya Ivashka bilan bosh sovrin uchun kurash olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Jo‘rabek Karimov ikkinchi davrada belgiyalik Sander Jilleni 4:6, 6:4, 6:4, chorak finalda esa belaruslik Yaraslav Shilani 6:3, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Shuningdek, o‘zbekistonlik 21 yoshli Sanjar Fayziyev bilan tandem hosil qilgan Jo‘rabek musobaqaning juftliklar bahsi finaliga chiqdi. Final uchrashuvida Karimov/Fayziyev juftligi Sumit Nagal (Hindiston) hamda Ti Chen (Xitoy Taypeyi) duetiga qarshi bahs olib boradi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн