Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Jo‘rabek Karimov va Humoyun Sultonov Qarshidagi tennis turnirining yarim finaliga chiqdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 270           Дата: 7-04-2016, 18:30          
O‘zbekistonlik tennischilar Jo‘rabek Karimov va Humoyun Sultonov Qarshi shahrida davom etayotgan Karshi ITF Pro Circuit turnirining yarim finaliga yo‘l oldi, deb xabar beradi “Sports.uz”.

Jo‘rabek Karimov va Humoyun Sultonov Qarshidagi tennis turnirining yarim finaliga chiqdi

Sovrin jamg‘armasi 25 ming dollarga teng musobaqaning chorak finalida Jo‘rabek Karimov belaruslik Yaraslav Shilaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 7 daqiqa davom etgan belashuvda 6:3, 6:1 hisobi qayd etilib, o‘zbekistonlik tennischining foydasiga hal bo‘ldi.

Jo‘rabek Karimov va Humoyun Sultonov Qarshidagi tennis turnirining yarim finaliga chiqdi

Humoyun Sultonov ushbu bosqichda rossiyalik Denis Matsukevichga qarshi bahs olib bordi. Ikki soat davom etgan mazkur bahsda o‘zbekistonlik tennischi 4:6, 7:6, 6:4 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Chorak finalga chiqqan yana bir o‘zbekistonlik tennischi Sanjar Fayziyevga omad kulib boqmadi. Chexiya vakili Mixal Konechniga qarshi o‘yinda Fayziyev 2:6, 5:7 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning ikkinchi davrasida Jo‘rabek Karimov belgiyalik Sander Jilleni 4:6, 6:4, 6:4, Humoyun Sultonov slovakiyalik Filipp Xoranskini 7:6, 7:5, Sanjar Fayziyev esa hindistonlik Sumit Nagalni 6:1, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн