Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

OChL, 4-tur. “Bunyodkor” va “Paxtakor”ning taqdiri o‘z qo‘lidan chiqib ketdi, “Lokomotiv”da hammasi yaxshi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 463           Дата: 7-04-2016, 06:35          
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 4-tur bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekistonning to‘rt jamoasidan faqatgina “Lokomotiv” zafar quchishning uddasidan chiqa oldi. Qarshining “Nasaf” klubi durang qayd etgan bo‘lsa, “Paxtakor” va “Bunyodkor” Eron klublaridan mag‘lubiyat qabul qilib oldi.

OChL, 4-tur. “Bunyodkor” va “Paxtakor”ning taqdiri o‘z qo‘lidan chiqib ketdi, “Lokomotiv”da hammasi yaxshi

4-turdan keyin “Lokomotiv” guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlash uchun juda yaqin turibdi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda “Al-Ittihod” va “An-Nasr” ochko yo‘qotgach, Toshkent klubining imkoniyatlari ancha oshdi. “Lokomotiv” keyingi ikki turni “A” guruhida 2-o‘rinda borayotgan BAA klubiga qarshi o‘tkazadi.

“A” guruhidagi vaziyat

O‘ Jamoa O‘ G‘ D M T/N O 1 “Lokomotiv” 4 2 2 0 5:2 8 2 “An-Nasr” 4 2 1 1 4:3 7 3 “Al-Ittihod” 4 0 3 1 3:4 3 4 “Sepahon” 4 1 0 3 2:5 3
  • “Lokomotiv” Osiyo Chempionlar Ligasida Eron klubini mag‘lub etib, “A” guruhida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Poytaxtning boshqa bir klubi “Bunyodkor” esa yirik mag‘lubiyatdan keyin ahvolini og‘irlashtirib yubordi. Navbatdagi ikki turni Qatarning “Lahviya” klubiga qarshi o‘tkazadigan Sergey Lushchan jamoasi, bir yil muqaddam aynan shu klub dovonidan o‘ta olmagandi. Hozirgi vaziyatdan kelib chiqsa, ketma-ket ikki g‘alaba ham “Bunyodkor”ga yordam bermasligi mumkin.

“B” guruhidagi vaziyat

O‘ Jamoa O‘ G‘ D M T/N O 1 “Zob Ohan” 4 2 2 0 6:2 8 2 “Lahviya” 4 1 2 1 5:2 5 3 “An-Nasr” 4 1 2 1 5:8 5 4 “Bunyodkor” 4 0 2 2 5:9 2

Toshkentning “Paxtakor” klubi navbatdagi ikki turni “Al-Jazira”ga qarshi o‘tkazishini inobatga olsa, ijobiy natijadan umid qilish mumkin. Ammo vaziyat ko‘rinib turganidan biroz murakkab. Dastlabki ikki o‘rinni egallab turgan Eron va Saudiya Arabistoni jamoalari o‘zaro o‘yinlarda 1 tadan g‘alabani qo‘lga kiritsa, “Paxtakor”ga keyingi ikki turdagi yuz foizlik natija ham yordam bermaydi. Klub muxlislari Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ziddiyatdan kelib chiqib, har ikki jamoaning o‘zaro kelishib harakat qilmasligidan umidvor bo‘lishi mumkin.

  • OChL. “Bunyodkor” Eronda “Zob Ohan”ga yirik hisobda yutqazdi va guruhda so‘nggi o‘ringa tushib ketdi

“C” guruhidagi vaziyat

O‘ Jamoa O‘ G‘ D M T/N O 1 “Traktorsozi” 4 3 0 1 6:1 9 2 “Al-Hilol” 4 2 2 0 8:4 8 3 “Paxtakor” 4 1 1 2 4:7 4 4 “Al-Jazira” 4 0 1 3 1:7 1
  • “Paxtakor” Eronda “Traktorsozi”dan yengilib, guruhdan chiqish imkoniyatlarini kamaytirib yubordi

Va nihoyat, “D” guruhida “Nasaf” 3-o‘rinni egallab turibdi. Qarshi klubining ahvoli “Bunyodkor” hamda “Paxtakor”nikidan yaxshi. Har holda, navbatdagi bosqichga yo‘l olish “Nasaf”ning o‘z qo‘lida. Bu yo‘lda Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi “Al-Ayn”ga qarshi keyingi ikki o‘yinda ijobiy natija qayd etishi kerak bo‘ladi.

 “D” guruhidagi vaziyat

O‘ Jamoa O‘ G‘ D M T/N O 1 “Al-Jaish” 4 3 1 0 5:2 10 2 “Al-Ayn” 4 2 0 2 5:5 6 3 “Nasaf” 4 1 1 2 3:4 4 4 “Al-Ahli” 4 1 0 3 4:6 3
  • “Nasaf” o‘z maydonida Qatarning “Al-Jaish” klubini mag‘lub eta olmadi

Osiyo Chempionlar Ligasida 5-tur uchrashuvlari 19—20-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031