Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonlik sportchilar Rio–2016 Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan yo‘llanmalari soni 60 taga yetdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 695           Дата: 5-04-2016, 15:21          
2016-yilning 5-avgustidan 21-avgustiga qadar Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiya o‘yinlari o‘tkaziladi.  Bugungi kunga kelib o‘zbekistonlik sportchilar tomonidan to‘rt yillikning eng nufuzli sport turniriga jami 60 ta yo‘llanma naqd qilib qo‘yilgan. Shundan 25 tasi paralimpiyachilar tomonidan qo‘lga kiritildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘zbekistonlik sportchilar Rio–2016 Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan yo‘llanmalari soni 60 taga yetdi

Qayd etish kerakki, oldinda sportning yana bir qator turlari bo‘yicha yo‘llanmalar o‘ynaladigan musobaqalar mavjud va O‘zbekiston delegatsiyasining Rio–2016 Olimpiada o‘yinlaridagi safi kengayishi mumkin.

Quyida, XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olgan sportchilar ro‘yxati keltirilgan:

Boks – 11 ta yo‘llanma.

Hasanboy Do‘smatov (-49 kg)
Shahobiddin Zoirov (-52 kg)
Murodjon Axmadaliyev (-56 kg)
Xurshid Tojiboyev (-60 kg)
Fazliddin G‘oipnazarov (-64 kg)
Shahram G‘iyosov (-69 kg)
Bektemir Meliqo‘ziyev (-75 kg)
Elshod Rasulov (-81 kg)
Rustam To‘laganov (-91 kg)
Bahodir Jalolov (+91 kg)
Yodgoroy Mirzayeva (-51 kg)

Yengil atletika – 8 ta.

Sitora Hamidova – marafon (42 195 metr)
Svetlana Radzivil – balandlikka sakrash
Suxrob Xo‘jayev – bosqon uloqtirish
Marina Xmelevskaya – marafon (42 195 metr)
Bobur Shokirjonov – nayza uloqtirish
Sitora Hamidova – marafon (10 000 metr)
Yekaterina Voronina – yettikurash
Andrey Petrov – marofon (42 195 metr)

Baydarka va kanoeda eshkak eshish – 5 ta.

Aleksey Machalov – 1000 metr, yakkalik (baydarka)
Gerasim Kochnev – 1000 metr, yakkalik (kanoe)
Olga Umaraliyeva – 200 metr, yakkalik (baydarka)
Vadim Menkov – 1000 metr, juftlik (kanoe)
Serik Mirbekov – 1000 metr, juftlik (kanoe)

Og‘ir atletika – 5 ta.

Og‘ir atletika sport turida yo‘llanmalar terma jamoalarga beriladi. Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadigan sportchilar O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi tomonidan musobaqalar arafasida e’lon qilinadi.

Sport kurashlari – 3 ta.

Rustam Assakalov – Yunon-rum kurashi (-85 kg)
Dilshod Turdiyev – Yunon-rum kurashi (- 75 kg)
Ixtiyor Navro‘zov  – Erkin kurash (-65 kg)

Suzish – 2 ta.

Ra’noxon Amanova – 200 metr, kompleks
Ra’noxon Amanova – 400 metr, kompleks

Taekvondo (WTF) – 1 ta.

2015-yil yakunlariga ko‘ra, Olimpiya reytingining eng og‘ir vazndagi sportchilar jadvalida bir yo‘la ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi – Dmitriy Shokin va Jasur Boyqo‘ziyev kuchli oltilikdan o‘rin egalladi. Qoidaga ko‘ra, Olimpiada o‘yinlarida har bir vazn toifasida bir davlatdan faqatgina bir nafar sportchi ishtirok etishi mumkin. Shu bois, Rio–2016 o‘yinlarida qaysi sportchining ishtirok etishi o‘yinlar arafasida O‘zbekiston Taekvondo (WTF) milliy assotsiatsiyasi tomonidan e’lon qilinadi.

XV yozgi Paralimpiya o‘yinlariga quyidagi sport turlari bo‘yicha yo‘llanmalar qo‘lga kiritilgan:

Yengil atletika – 10 ta
Dzyudo – 8 ta
Suzish – 5 ta
O‘q otish – 1 ta
Pauerlifting – 1 ta

Ma’lumot uchun, Paralimpiya o‘yinlariga qadar dasturga kiritilgan deyarli barcha sport turlari bo‘yicha litsenzion musobaqalar o‘tkaziladi. Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan sportchilar nomi o‘yinlar arafasida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi tomonidan e’lon qilinadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн