Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Andrey Miklyayev: “Fulad Sepahon”ga qarshi ertangi bahs musobaqa jadvaliga katta ta’sir o‘tkazadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 282           Дата: 5-04-2016, 15:21          
Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi ertaga, 6-aprel kuni Osiyo Chempionlar Ligasi “A” guruhi 4-turida Eronning “Fulad Sepahon” jamoasiga qarshi o‘z maydonida bahs olib boradi. Uchrashuvdan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida “temiryo‘lchilar” ustozi Andrey Miklyayev va yarim himoyachi Server Jeparov ishtirok etdi, deb xabar beradi “Championat.asia”.

Andrey Miklyayev: “Fulad Sepahon”ga qarshi ertangi bahs musobaqa jadvaliga katta ta’sir o‘tkazadi

– Tushunib turganingizdek, ertangi bahs musobaqa jadvaliga katta ta’sir o‘tkazadi. Guruhdan chiqishda katta qadam tashlash uchun g‘alaba qozonish kerak. Barcha futbolchilar o‘yinga tayyor. Faqat himoyachi Nemanya Yanichich jarohat olgan. Ertaga g‘alaba qozonishga urinamiz, – deydi Miklyayev.

– Ertaga chiroyli va hujumlarga boy o‘yin bo‘lishini kutyapman. Erondagi bahsda bu jamoaga qarshi o‘ynash mumkin ekanini ko‘rsatdik, – deya qo‘shimcha qildi Jeparov.

Shundan so‘ng “Lokomotiv” ustozi Andrey Miklyayev jurnalistlarning bir qator savollariga javob qaytardi.

– Raqib safidagi eng xavfli futbolchilar kim?

– “Sepaxon”da to‘rt nafar legioner bor: Fozil Musayev, Ibrichich, Padovani va Chimba. Aynan ular jamoa yetakchilari hisoblanadi. Raqibni yaxshi o‘rganib chiqdik.

– Islom To‘xtaxo‘jayevning holati qanday? Ertaga o‘ynay oladimi?

– Kecha u umumiy guruhda mashg‘ulot o‘tkazdi. Shunday ekan, barchasi yaxshi bo‘ladi deb o‘ylayman.

– Raqib ustozi o‘tgan o‘yindagi ob-havo “Lokomotiv”ga yordam berdi deb aytdi.

– Ertaga ham yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda (kuladi). O‘tgan o‘yinda tezkor gol urdik va oson o‘ynadik.

– O‘zbekiston terma jamoasida to‘p surgan o‘yinchilar ertangi bahsga tayyormi?

– Ha, milliy terma jamoa a’zolari ertangi bahsga tayyor.

– “Lokomotiv” o‘z maydonidagi bahslardan ko‘ra safarda yaxshiroq o‘ynayotgandek tuyulmoqda.

Server Jeparov: Bunday emas. Bu narsa ko‘proq qaysi jamoaga qarshi o‘ynashimizga bog‘liq. Ertaga OChLda o‘z uyimizdagi ikkinchi o‘yinni o‘tkazamiz. Ko‘ramiz, natija qanday bo‘lar ekan.

“Lokomotiv” — “Fulad Sepahon” uchrashuvi ertaga, 6-aprel kuni Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida soat 16:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasidagi Eronda bo‘lib o‘tgan bahsda “Lokomotiv” 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. OChL “A” guruhi 3-turidan so‘ng “Lokomotiv” 5 ochko bilan ikkinchi, “Fulad Sepahon” esa 3 ochko bilan uchinchi pog‘onadan joy egallab turibdi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн