Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Odil Ahmedovning goli va golli uzatmasi “Krasnodar”ning “Dinamo Moskva” ustidan yirik g‘alabasini ta’minladi (video)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 199           Дата: 5-04-2016, 12:21          
Rossiya chempionati 22-turida Moskvaning “Dinamo” klubi o‘z maydonida “Krasnodar” futbolchilarini qabul qildi. “Arena Ximki” stadionida o‘tkazilgan o‘yinda 1:4 hisobi qayd etilib, “Krasnodar”ning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu haqda “Krasnodar” futbol klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Odil Ahmedovning goli va golli uzatmasi “Krasnodar”ning “Dinamo Moskva” ustidan yirik g‘alabasini ta’minladi (video)

Uchrashuvning 27-daqiqasida “Dinamo” a’zosi Aleksey Ionov penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 4 daqiqa o‘tar-o‘tmas “Dinamo” darvozasiga ham 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Pavel Mamayev mo‘ljalda adashmadi va hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa, birinchi bo‘lim 1:1 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda gollarni faqat “Krasnodar” futbolchilari kiritdi. 47-daqiqada Vyacheslav Podberyozkin hisobni 1:2 ko‘rinishiga olib kelgan bo‘lsa, 69-daqiqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovning uzatmasidan so‘ng Fyodor Smolov hisobni yana oshirdi — 1:3. 82-daqiqada Odil Ahmedovning o‘zi gol kiritib, jamoasining 4:1 hisobidagi yirik g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi. Uchrashuvda Ahmedov 90 daqiqa davomida harakat qildi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Krasnodar” ochkolari sonini 37 taga yetkazib, 6-o‘ringa ko‘tarildi. 24 ochko bilan qolib ketgan “Dinamo” 11-pog‘onadan joy oldi.

Rossiya Premyer-ligasi, 22-tur

4-aprel. “Arena Ximki” stadioni, 3 863 tomoshabin

“Dinamo” Moskva – “Krasnodar” – 1:4 (1:1)

Gollar: 1:0 – 27, penalti Ionov, 1:1 – 31, penalti Mamayev, 1:2 – 47 Podberyozkin, 1:3 – 69 Smolov, 1:4 – 82 Ahmedov.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн