Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ishsiz yurgan Joze Mourinyoga Suriya terma jamoasini boshqarish taklifi kelib tushdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 245           Дата: 4-04-2016, 15:43          
Suriya futbol federatsiyasi portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyoga Suriya terma jamoasini boshqarishni taklif qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Ishsiz yurgan Joze Mourinyoga Suriya terma jamoasini boshqarish taklifi kelib tushdi

“Suriya futbol federatsiyasi rahbarlarining yig‘ilishidan so‘ng portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyoga Suriya terma jamoasini boshqarish bo‘yicha rasmiy taklif yuborishga qaror qilindi”, – deyiladi federatsiya bayonotida.

Ishsiz yurgan Joze Mourinyoga Suriya terma jamoasini boshqarish taklifi kelib tushdi

2015-yilning 6-yanvaridan Suriya terma jamoasini boshqarib kelgan bosh murabbiy Fajr Ibrohim joriy yilning 29-mart kuni iste’fo berdi.

2015-yilning dekabr oyida “Chelsi” bosh murabbiyligidan ozod etilgan Joze Mourinyo, bir yarim oy davom etgan muzokaralardan so‘ng “Manchester Yunayted” bilan dastlabki kelishuvga erishgani va u uch yilda 61,7 million yevro maosh olishi haqida xabar berilgan edi.

Joze Mourinyo ikki marotaba “Chelsi” bosh murabbiyi lavozimini egallagan. Birinchi marta 53 yoshli mutaxassis  2004–2007-yillar davomida London klubini boshqargan. Ushbu vaqt davomida “Chelsi” ikki karra Angliya chempioni (2004/05, 2005/06), Angliya Kubogi (2007), ikki karra Angliya Liga Kubogi (2005, 2007) va Angliya Superkubogi (2005) sohibi bo‘ldi. Shundan so‘ng Mourinyo “Inter” (2008–2010-yillar) va “Real” (2010–2013-yillar) klublarini boshqargan.

2013/14-yilgi mavsum boshlanishidan avval portugaliyalik yana “Chelsi”ga qaytdi. Uning qo‘li ostida londonliklar Angliya chempioni (2014/15) va Angliya Liga Kubogi g‘olibi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Suriya terma jamoasi Osiyo qit’asidan JCh–2018 musobaqasiga saralash bahslarining uchinchi bosqichiga yo‘l oldi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн