Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Lionel Messi Panamadagi ofshor kompaniyalar mojarosiga aralashib qolgani ma’lum bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 360           Дата: 4-04-2016, 09:40          
Jurnalistlik tekshiruvlari xalqaro konsorsiumi ofshor kompaniyalarni ta’sis etishda yordam beradigan Panamaning Mossack Fonseca yuridik firmasi haqida ma’lumotlarni e’lon qildi, deb xabar beradi “Sports.ru”.

Lionel Messi Panamadagi ofshor kompaniyalar mojarosiga aralashib qolgani ma’lum bo‘ldi

Qariyb bir yil davom etgan tekshiruvda jurnalistlar Mossack Fonseca’ning ichki arxividagi 11 millionga yaqin hujjatlar bilan tanishib chiqdi. Mossack Fonseca versiyasi bo‘yicha, 40 yildan buyon faoliyat olib borayotgan ushbu firma hech qanday qonunbuzarlik qayd etmagan va unga nisbatan hech qanday ayblovlar qo‘yilmagan.

Hujjatlarda Mossack Fonseca’ning mashhur va nufuzli insonlarning ofshor kompaniyalari bilan aloqasi borligi ko‘rsatilgan. Masalan, ular orasida 72 nafar amaldagi va sobiq davlat hamda hukumat rahbarlari bor.

Bundan tashqari, Mossack Fonseca hujjatlarida taxminan 20 nafar mashhur futbolchi — “Barselona”, “Manchester Yunayted” va “Real” kabi klublarning sobiq va amaldagi futbolchilarining nomlari keltirilgan. Ular orasida “Barselona” hujumchisi Lionel Messi ham bor. Messi va uning otasi Xorxega tegishli Mega Star Enterprises Panamada ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Mossack Fonseca hujjatarida Messi va uning otasiga tegishli kompaniya nomi birinchi marotaba 2013-yilning 13-iyunida tilga olingan. Bundan bir kun avval esa Ispaniya prokuraturasi Messi va uning otasiga nisbatan soliq firbgarligi bo‘yicha birinchi bor ayblov qo‘ygandi. Elektron xatda aytilishicha, yana bir ofshor agent tashkiloti Mega Star Enterprises hujjatlari bilan shug‘ullanishni Mossack Fonseca’ga topshirgan.

Messining oilasi Mega Star Enterprises kompaniyasiga egalik qilishi haqidagi ma’lumotlar hujjatlarda ikki haftadan so‘ng, 2013-yilning 23-iyunida paydo bo‘ldi.

Bundan tashqari, hujjatlarda kamida 20 ta yirik futbol klublarining, shu jumladan, “Inter” (Italiya) va “Boka Xuniors” (Argentina) jamoalarining sobiq va amaldagi rahbarlariga tegishli ofshor xoldinglar haqida ma’lumotlar mavjud.

Hujjatlarda Braziliya, Urugvay, Buyuk Britaniya, Turkiya, Serbiya, Gollandiya, Shvetsiya va boshqa mamlakat futbolchilarning nomlari tilga olingan. Taxminlarga ko‘ra, aksariyat futbolchilar reklamalardan tushgan daromadini saqlab qolish uchun Mossack Fonseca yuridik firmasining xizmatlaridan foydalangan. Hujjatlarda, shuningdek, “Lester” hujumchisi Leonardo Ulyoa, chililik sobiq hujumchi Ivan Samorano hamda argentinalik sobiq himoyachi Gabriel Xaynse nomlari ham tilga olingan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031