Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bundesliga, 28-tur. “Borussiya Dortmund” irodali g‘alabaga erishib, “Bavariya” bilan ochkolar farqini saqlab qoldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 201           Дата: 3-04-2016, 21:22          
Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 28-turida Dortmundning “Borussiya” klubi irodali g‘alabaga erishib, “Bavariya” bilan 5 ochkolik farqni saqlab qoldi.

Bundesliga, 28-tur. “Borussiya Dortmund” irodali g‘alabaga erishib, “Bavariya” bilan ochkolar farqini saqlab qoldi

Tomas Tuxel jamoasi turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turgan “Verder” ustidan 3:2 hisobida muvaffaqiyat qozondi. Qayd etish kerak, “Verder” “Signal Iduna Park” stadionidan so‘nggi bor 2007-yilda ochko bilan qaytgan, shundan keyingi barcha o‘yinda imkoniyatni boy bergan.

75-daqiqaga kelib hisobda ortda borayotgan mezbonlar bosh murabbiyi zaxira futbolchilaridan unumli foydalandi. Maydonga tushganiga 3 daqiqa to‘lishi bilan yaponiyalik Sindzi Kagava hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, o‘yinga qo‘shilganiga 3 daqiqa o‘tishi bilan kolumbiyalik Adrian Ramos g‘alaba goliga mualliflik qildi.

28 ta o‘yinda 72 ochko jamg‘argan “Bavariya” turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. “Borussiya Dortmund” 67 ochko bilan ikkinchi o‘rindan joy olgan.

Germaniya Bundesligasi
28-tur uchrashuvlari
2-aprel, shanba

“Borussiya Dortmund” — “Verder” 3:2 (0:0)

Gollar: Pyer-Emerik Obameyang, 53 (1:0). Alexandro Galves, 69 (1:1). Zlatko Yunuzovich, 74 (1:2). Sindzi Kagava, 77 (2:2). Adrian Ramos, 82 (3:2).
“Borussiya Dortmund”: Roman Byurki, Marsel Shmelser (Adrian Ramos, 80), Sven Bender, Mattias Ginter, Lukash Pishek, Gonsalo Kastro, Yulian Vaygl, Genrix Mxitaryan, Marko Roys (Kristian Pulishich, 80), Erik Durm (Sindzi Kagava, 74), Pyer-Emerik Obameyang.

“Bayer” — “Volfsburg” 3:0 (1:0)

Gollar: Yulian Brandt, 27 (1:0). Xavyer Ernandes, 73 (2:0). Vladlen Yurchenko, 87 (3:0).

“Bavariya” — “Ayntraxt” 1:0 (1:0)

Gol: Frank Riberi, 20 (1:0).
“Bavariya”: Manuel Noyer, Xuan Bernat, David Alaba, Xavi Martines, Filipp Lam, Xabi Alonso, Frank Riberi, Tyago Alkantara, Mario Gyotse (Arturo Vidal, 85), Tomas Myuller, Robert Levandovski (Duglas Kosta, 71).

“Gannover” — “Gamburg” 0:3 (0:0)

Gollar: Kleber, 61 (0:1). Ivo Ilichevich, 73 (0:2). Nikolay Myuller, 75 (0:3).

“Darmshtadt” — “Shtutgart” 2:2 (1:2)

Gollar: Sandro Vagner, 26 (1:0). Lukas Rupp, 44 (1:1). Kristian Gentner, 45+1 (1:2). Peter Nimayer, 51 (2:2).

“Ingolshtadt” — “Shalke” 3:0 (2:0)

Gollar: Morits Xartmann, 29-pen (1:0). Lukas Xinterzeyer, 45+1 (2:0). Dario Leskano, 65 (3:0).

“Maynts” — “Augsburg” 4:2 (2:2)

Gollar: Kayubi, 9 (0:1). Kristian Klemens, 13 (1:1). Pablo de Blazis, 24 (2:1). Ku Ja Chol, 40 (2:2). Pablo de Blazis, 53 (3:2). Kristian Klemens, 76 (4:2).

3-aprel, yakshanba
“Borussiya Myunxengladbax” — “Gerta”
“Xoffenxaym” — “Kyoln”

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031