Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

La liga, 31-tur. “El-Klasiko” oldidan “Atletiko” yirik g‘alabaga erishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 362           Дата: 3-04-2016, 03:42          
Ispaniya La ligasida 31-tur uchrashuvlari 1-aprel kuni “Rayo Valyekano” — “Xetafe” o‘yini bilan boshlangandi. 2-aprel kunidagi o‘yinlar “Atletiko”ning yirik g‘alabasi bilan start oldi.

La liga, 31-tur. “El-Klasiko” oldidan “Atletiko” yirik g‘alabaga erishdi

Madridda “Betis”ni qabul qilgan Diyego Simeone jamoasi 5:1 hisobida zafar quchib, ochkolari sonini 70 taga yetkazib oldi. Bu — 2-aprel sanasidan joy olgan “El-Klasiko”da “Real” g‘olib chiqsa ham, 2-o‘ringa ko‘tarila olmasligini bildiradi.

31-turga qadar “Barselona” 76, “Real Madrid” 66 ochkoga ega.

Kunning ikkinchi o‘yinida “Valensiya” imkoniyatni boy berdi. Ikki kun muqaddam klub bosh murabbiy Gari Nevillni iste’foga chiqarib, uning o‘rniga Pako Ayestaranni vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayin qilgandi.

“Valensiya” ustidan qozongan g‘alabasidan keyin “Las-Palmas” 36 ochko bilan 11-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, “Valensiya” 15-o‘rinni egallab turibdi.

Ispaniya La ligasi
31-tur bellashuvlari
1-aprel, juma

“Rayo Valyekano” — “Xetafe” 2:0 (1:0)

Gollar: Xavi Gerra, 15 (1:0). Nikolas Miku, 71 (2:0).
Chetlatish: Yoel (R). Maydondan tashqaridagi futbolchi.

2-aprel, shanba

“Atletiko” — “Betis” 5:1 (2:0)

Gollar: Fernando Torres, 37 (1:0). Antuan Grizmann, 42 (2:0). Xuanfran, 65 (3:0). Ruben Kastro, 79 (3:1). Antuan Grizmann, 81 (4:1). Tomas, 90+1 (5:1).
“Atletiko”: Yan Oblak, Felipe Luis, Lukas, Xuanfran, Saul (Tomas, 69), Augusto Fernandes (Matias Kranevitter, 78), Gabi, Koke, Antuan Grizmann, Fernando Torres (Anxel Korrea, 63), Nacho Monsalve.

“Las-Palmas” — “Valensiya” 2:1

Gollar: Rodrigo, 3 (0:1). Xonatan Viyera, 49-pen (1:1). Shkodran Mustafi, 63-avt (2:1).

“Barselona” — “Real Madrid”
“Selta” — “Deportivo”

3-aprel, yakshanba
“Atletik” — “Granada”
“Malaga” — “Espanyol”
“Eybar” — “Vilyarreal”
“Sevilya” — “Real Sosedad”

4-aprel, dushanba
“Levante” — “Sporting”

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Новости партнеров

Календарь новостей

«    Март 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031