Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Oliy liga, 3-tur. “Metallurg” va “Qizilqum” ketma-ket uchta turda g‘olib chiqqan jamoalar qatoriga qo‘shildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 307           Дата: 2-04-2016, 21:31          
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasida bugun, 2-aprel kuni 3-tur bellashuvlari o‘z yakuniga yetadi. Kunning birinchi o‘yini Bekobod shahrida tashkil etilib, unda “Metallurg” G‘uzorning “Sho‘rtan” klubi ustidan zafar quchdi.

Oliy liga, 3-tur. “Metallurg” va “Qizilqum” ketma-ket uchta turda g‘olib chiqqan jamoalar qatoriga qo‘shildi

Shu tariqa, Bekobod klubi dastlabki uch turni 100 foizlik natija bilan yakunlab, xalqaro maydonda ishtirok etayotgan “Paxtakor”, “Bunyodkor” klublaridan ilgarilab ketdi. “Metallurg” to‘plar nisbatiga ko‘ra “Lokomotiv”dan keyin 2-o‘ringa joylashdi.

Navoiyning “Qizilqum” klubi ham 3-turda zafar quchib, ochkolari sonini 9 taga yetkazib oldi hamda 4-o‘ringa ko‘tarildi. “Qizilqum” o‘z maydonidagi har ikki g‘alabada iroda ko‘rsatdi. 1-turda ikkita gol farqini yo‘qqa chiqara olgan Navoiy klubi, “Olmaliq” jamoasiga qarshi o‘yinda ham o‘z darvozasidan birinchi gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, yakunda g‘alaba qozona oldi.

Namanganda “Navbahor” va “So‘g‘diyona” klublari mavsumdagi dastlabki ochkolarni ishlab oldi. “Andijon” Oliy ligaga qaytganining uchinchi yilida ham mavsumni bir xilda — ketma-ket uchta mag‘lubiyat bilan boshladi.

3-turdan keyin “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Metallurg” va “Qizilqum” 9 tadan ochko jamg‘argan. “Paxtakor” va “Bunyodkor”da 7 tadan ochko mavjud. “Sho‘rtan”, “Andijon” hamda “Olmaliq” klublari barcha o‘yinlarda imkoniyatni boy berdi.

Oliy liga
3-tur bellashuvlari
31-mart, payshanba

“Bunyodkor” (Toshkent) — “Mash’al” (Muborak) 0:0

1-aprel, juma

“Lokomotiv” (Toshkent) — “Neftchi” (Farg‘ona) 4:0 (2:0)

Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov, 9 (1:0). Marat Bikmayev, 30 (2:0). Marat Bikmayev, 49 (3:0). Kaxi Maxaradze, 75 (4:0).

“Buxoro” (Buxoro) — “Paxtakor” (Toshkent) 0:0

“Nasaf” (Qarshi) — “Obod” (Toshkent) 1:0 (1:0)

Gol: Ilhom Shomurodov, 43 (1:0).

2-aprel, shanba

“Metallurg” (Bekobod) — “Sho‘rtan” (G‘uzor) 3:2 (2:1)

Gollar: Jahongir Abdumo‘minov, 5 (1:0). Hasanboy Ergashev, 18-avt (2:0). Laziz Ubaydullayev, 40 (2:1). Jasur Hakimov, 88 (3:1). Igor Taran, 90+5 (3:2).
Chetlatishlar: Jahongir Abdumo‘minov, 80 (M). Sunnatilla Mamadaliyev, 88 (Sh). Doniyor Odilov, 90+4 (M).

“Qo‘qon—1912” (Qo‘qon) — “Andijon” (Andijon) 1:0 (0:0)

Gol: Nosir Otaqo‘ziyev, 47 (1:0).
Chetlatish: Tursunboy Husanov, 53 (A).

“Navbahor” (Namangan) — “So‘g‘diyona” (Jizzah) 0:0

“Qizilqum” (Navoiy) — “Olmaliq” (Olmaliq) 2:1 (0:1)

Gollar: Zohir Pirimov, 8 (0:1). Vyacheslav Shevchenko, 48 (1:1). Ilhom Yunusov, 82 (2:1)
Chetlatish: Arslonmurod Omonov, 80 (O).

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн