Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Oliy Liga, 3-tur. “Paxtakor” Buxoroda ochko yo‘qotdi, “Nasaf” so‘nggi 4 yilda birinchi marta 3-turni 9 ochko bilan yakunladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 314           Дата: 2-04-2016, 12:40          
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 1-aprel sanasiga belgilangan 3-tur bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi.

Oliy Liga, 3-tur. “Paxtakor” Buxoroda ochko yo‘qotdi, “Nasaf” so‘nggi 4 yilda birinchi marta 3-turni 9 ochko bilan yakunladi

Mamlakatning amaldagi chempioni “Paxtakor” Buxoroga safar qilib, 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bunga qadar Toshkent klubi dastlabki ikki turda 6 ochko ishlashga muvaffaq bo‘lgandi.

Shu tariqa “Buxoro”ning quruq seriyasi 270 daqiqaga yetdi, deb yozadi “Championat.asia”. Klub dastlabki ikki turda ham darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan edi.

Liga debyutanti hisoblangan Toshkentning “Obod” klubi esa, aksincha, 270 daqiqadan buyon gol ura olmayapti. 3-turni Qarshida “Nasaf”ga qarshi o‘tkazgan jamoa 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

“Nasaf” 3-turdan keyin ochkolari sonini 9 taga yetkazib, “Lokomotiv”ga yetib oldi. Qayd etish kerak, Qarshi klubi 4 yildan buyon mavsumni 3 ta ketma-ket g‘alaba bilan boshlay olmagan edi.

1-aprel holatiga ko‘ra “Lokomotiv” va “Nasaf” 9 tadan, “Paxtakor” hamda “Bunyodkor” 7 tadan ochkoga ega. Bu kvartet ko‘rsatib o‘tilgan tartibda turnir jadvalining dastlabki to‘rt pag‘onasidan joy olgan.

Oliy liga
3-tur bellashuvlari
1-aprel, juma

“Buxoro” (Buxoro) — “Paxtakor” (Toshkent) 0:0

“Nasaf” (Qarshi) — “Obod” (Toshkent) 1:0

Gol: Ilhom Shomurodov, 43 (1:0).

“Lokomotiv” (Toshkent) — “Neftchi” (Farg‘ona) 4:0

Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov, 9 (1:0). Marat Bikmayev, 30 (2:0). Marat Bikmayev, 49 (3:0). Kaxi Maxaradze, 75 (4:0).

3-turning yana 4 ta o‘yini 2-aprel, shanba kuni o‘tkaziladi.

2-aprel, shanba
“Qo‘qon—1912” (Qo‘qon) — “Andijon” (Andijon)
“Qizilqum” (Navoiy) — “Olmaliq” (Olmaliq)
“Metallurg” (Bekobod) — “Sho‘rtan” (G‘uzor)
“Navbahor” (Namangan) — “So‘g‘diyona” (Jizzax)

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031