Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Chagayev — Braun jangi tashkilotchilari avstraliyalik bokschi bilan bog‘liq doping mojarosiga aloqadorlikni inkor etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 347           Дата: 2-04-2016, 00:05          
Jahon boks assotsiatsiyasining (WBA) o‘ta og‘ir vaznda jahon chempioni unvoni uchun Ruslan Chagayev va Lukas Braun o‘rtasidagi jang tashkilotchilari avstraliyalik bokschi bilan bog‘liq doping mojarosiga aloqadorliklarini inkor etdi. Shuningdek, mazkur bellashuv natijasi bekor qilinishini talab etmoqda. Bu haqda “Ahmad Promoushen” kompaniyasi rahbari Timur Dugazayev ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Chagayev — Braun jangi tashkilotchilari avstraliyalik bokschi bilan bog‘liq doping mojarosiga aloqadorlikni inkor etdi

“Mazkur masala bilan shug‘ullanayotgan tegishli antidoping tashkilotlari bor. Grozniyda Braunning jamoasi uchun zarur barcha sharoitlar yaratib berilgandi. Biz avstraliyalik bokschining menejerlari va promouterlariga hurmat bilan munosabatdamiz, biroq doping Braunga Chechenistonga tushib qolgani haqida dalillar yo‘q. Agar shunday bo‘lganda, bellashuvdan keyinoq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ko‘rsatmasiga ko‘ra revansh jangini o‘tkazish yuzasidan muzokaralar o‘tkazilmagan bo‘lardi. Braunning tahlillarida taqiqlangan preparat topilganini hisobga olib, Grozniydagi jang natijasi bekor qilinishi lozim”, — deya ta’kidlagan Dugazayev.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Lukas Braun doping mojarosi borasida rasmiy bayonot berib, “taqiqlangan moddalar iste’moliga qarshi ekanligi, bunday pastkashlikka bormasligi va yaqin orada barcha masalaga oydinlik kirishi”ni ma’lum qilgandi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031