Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston boks terma jamoasi Olimpiadaga litsenziya yutib olish bo‘yicha o‘z rekordini o‘rnatdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 962           Дата: 1-04-2016, 09:27          
Rio—2016 Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini 11 nafar bokschi himoya qiladi. Bu O‘zbekiston boks terma jamoasi uchun rekord ko‘rsatkichdir.

O‘zbekiston boks terma jamoasi Olimpiadaga litsenziya yutib olish bo‘yicha o‘z rekordini o‘rnatdi

Hozirga qadar bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatkich 2000-yilgi Sindey Olimpiadasi bilan bog‘liq bo‘lib, yashil qit’ada O‘zbekiston sharafini 10 nafar charm qo‘lqop ustasi himoya qilgan. Bu erkaklar o‘rtasidagi musobaqaning barcha — 10 ta vazn toifasida bittadan o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etganidan dalolat beradi.

O‘zbekiston boks terma jamoasi Olimpiadaga litsenziya yutib olish bo‘yicha o‘z rekordini o‘rnatdi

Kecha, 31-mart kuni Xitoyning Sian An shahrida boks bo‘yicha Rio—2016 yo‘llanmalari uchun Osiyo va Okeaniya mintaqalarining qo‘shma litsenzion turnirining yarim final bellashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi va unda ishtirok etayotgan yetti nafar o‘zbekistonlik sportchining barchasi Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritdi. Bu esa O‘zbekiston boks terma jamoasi tarixda ikkinchi bor barcha vazn toifasida Olimpiadada ishtirok etishini bildiradi.

O‘zbekiston boks terma jamoasi Olimpiadaga litsenziya yutib olish bo‘yicha o‘z rekordini o‘rnatdi

Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik birinchi ayol bokschi Yodgoroy Mirzayevani ham qo‘shib hisoblaganda, Riodagi olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan bokschilarning umumiy soni 11 nafarga yetdi. Bu — rekord ko‘rsatkich.

O‘zbekiston boks terma jamoasi Olimpiadaga litsenziya yutib olish bo‘yicha o‘z rekordini o‘rnatdi

Ayollar o‘rtasidagi Olimpiada bahslariga litsenziya beruvchi turnirlar hali davom etayotgani O‘zbekiston terma jamoasi ishtirokchilar sonini oshirib olish imkoniyatiga ega ekanligini anglatadi.

Ma’lumot uchun, Yodgoroy Mirzayeva 51 kilogram vazn toifasida ringga ko‘tariladi, 60 hamda 75 kilogramgacha bo‘lgan ayol sportchilar musobaqasida o‘zbekistonlik sportchi hozircha yo‘q.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн