Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Oliy Liga, 3-tur. “Bunyodkor” birinchi marta o‘z maydonida “Mash’al”ni mag‘lub eta olmadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 379           Дата: 31-03-2016, 21:20          
Bugun, 31-mart kuni Toshkentning “Bunyodkor” va Muborakning “Mash’al” klublari o‘rtasidagi o‘yin bilan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasi 3-tur uchrashuvlari boshlandi.

Oliy Liga, 3-tur. “Bunyodkor” birinchi marta o‘z maydonida “Mash’al”ni mag‘lub eta olmadi

Oliy liganing dastlabki ikki turida “Bunyodkor” yuz foizlik natija qayd etgan bo‘lsa, “Mash’al” har ikki bellashuvda ham raqiblariga imkoniyatni boy bergandi. 3-turni jamoalar golsiz durang bilan yakunlab, ochkolarni bo‘lib oldi.

“Bunyodkor” o‘z tarixida birinchi marta o‘z maydonida “Mash’al”ni yenga olmadi. Bungacha “Bunyodkor” va “Mash’al” Oliy Liga doirasida o‘zaro 16 bor uchrashgan, “Bunyodkor” FK ma’lumotiga ko‘ra, bu uchrashuvlarning 15 tasida Toshkent klubi zafar quchgan edi.

O‘zbekiston Oliy Ligasi
3-tur uchrashuvi
31-mart, payshanba

“Bunyodkor” (Toshkent) — “Mash’al” (Muborak) 0:0

Oliy Liga 3-turining qolgan yetti uchrashuvi 1—2-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. “Championat.asia” xabariga ko‘ra, “Sport” telekanali “Bunyodkor” — “Mash’al” o‘yinidan tashqari yana 3 ta bellashuvni — 1-aprel kuni bo‘ladigan “Lokomotiv” — “Neftchi” (to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda), 2-aprel sanasidagi “Metallurg” — “Sho‘rtan” va “Navbahor” — “So‘g‘diyona” uchrashuvlarini (yozib olingan holda) namoyish etiladi.

1-aprel, juma
“Buxoro” (Buxoro) — “Paxtakor” (Toshkent)
“Nasaf” (Qarshi) — “Obod” (Toshkent)
“Lokomotiv” (Toshkent) — “Neftchi” (Farg‘ona)

2-aprel, shanba
“Qo‘qon—1912” (Qo‘qon) — “Andijon” (Andijon)
“Qizilqum” (Navoiy) — “Olmaliq” (Olmaliq)
“Metallurg” (Bekobod) — “Sho‘rtan” (G‘uzor)
“Navbahor” (Namangan) — “So‘g‘diyona” (Jizzax)

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Популярные новости

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Март 2017    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     12345
    6789101112
    13141516171819
    20212223242526
    2728293031