Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonlik bokschilar Shahobiddin Zoirov va Shahram G‘iyosov ham Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 767           Дата: 31-03-2016, 18:18          
Xitoyning Sian An shahrida boks bo‘yicha Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmalari uchun Osiyo va Okeaniya mintaqalarining qo‘shma litsenzion turnirining yarim final bellashuvlari davom etmoqda.

O‘zbekistonlik bokschilar Shahobiddin Zoirov va Shahram G‘iyosov ham Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, -52 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik Shahobiddin Zoirov yarim finalda qirg‘izistonlik Azat Usenaliyevga qarshi jang o‘tkazib, 3:0 hisobida zafar quchdi. Mazkur muvaffaqiyatdan so‘ng u musobaqa finali va Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, -69 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan O‘zbekiston vakili Shahram G‘iyosov yarim finalda filippinlik Santos Marsialni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa finali hamda Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma oldi.

Avvalroq Hasanboy Do‘smatov (-49 kilogramm) va Yodgoroy Mirzayeva (-51 kilogramm) Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olganligi haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, bugun 31-mart kuni yana uch nafar o‘zbekistonlik bokschi Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн