Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“El-Klasiko”da penaltidan qaysi jamoa ko‘proq gol urgan?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 443           Дата: 31-03-2016, 18:18          
2-aprel, shanba kuni Ispaniya chempionati 31-turida Madridning “Real” jamoasi safarda “Barselona” klubiga qarshi bahs olib boradi. “Sports.uz” internet-nashri navbatdagi “El-Klasiko” oldidan jamoalarning o‘zaro to‘qnashuvlarini kuzatib, penaltilardan urilgan gollarni hisoblab chiqdi.

“El-Klasiko”da penaltidan qaysi jamoa ko‘proq gol urgan?

Ispaniya chempionatidagi “El-Klasiko”larda muxlislar 11 metrlik jarima zarbalaridan kiritilgan 37 ta golga guvoh bo‘lgan. Ana shu gollarning 23 tasini “Real”, 14 tasini esa “Barselona” futbolchilari kiritgan.

Quyida “El-Klasiko”da kiritilgan penaltilar haqida qiziqarli faktlar keltirilgan.

- Penaltidan urilgan gollarning 21 tasi “Santyago Bernabeu”da, qolgan 16 tasi esa “Kamp Nou”da kiritilgan;

- “Real” penaltidan gol urgan o‘yinlarning 12 tasida g‘alaba qozonib, 7 tasida durang o‘ynagan bo‘lsa, 4 tasida imkoniyatni boy bergan;

- “Barselona” penaltidan gol urgan o‘yinlarida 6 g‘alaba, 3 durang va 4 mag‘lubiyatni qayd etgan;

- “El-Klasiko”larda jami 20 nafar futbolchi penaltilardan gol urgan: “Real”dan 12, “Barselona”dan 8 futbolchi;

- Eng ko‘p penaltidan gol urgan futbolchi – Ugo Sanches (“Real”) – 5 ta;

- “Real” safida penaltidan gol urgan futbolchilar: Ugo Sanches (5 ta), Krishtianu Ronaldu (3), Ferens Pushkash (2), Fransisko Xento (2), Xuanito Gomes (2), Michel (2), Rud van Nistelroy (2), Luis Regeyro (1), Korona (1), Alfredo Di Stefano (1), Pirri (1), Uli Shtilike (1);

- “Barselona” tarkibida penaltidan gol urgan futbolchilar: Lionel Messi (3), Ronald Kuman (3), Kini (2), Ronaldinyo (2), Karles Reshak (1), Roberto (1), Bernd Shuster (1), Gilyermo Amor (1);

- Birinchi taymlarda penaltilardan 17 ta, ikkinchi bo‘limlarda esa 20 ta gol kiritilgan;

- “Real”ning penaltidan urgan gollarining 12 tasi birinchi taymda, 11 tasi ikkinchi bo‘limda kiritilgan;

- “Barselona”ning penaltilardan urgan gollarining 5 tasi birinchi bo‘limda, 9 tasi esa ikkinchi taymda urilgan;

- Eng ko‘p penalti 2014-yilda tepilgan. Ularning soni 4 ta. O‘shanda Ronaldu va Messi 2 tadan gol urgan edi.

2-aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi “El-Klasiko”ni Alexandro Xose Ernandes Ernandes boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:30 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi davrada “Barselona” jamoasi “Santyago Bernabeu” stadionida “Real”ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн