Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonlik bokschilar Rasulov, To‘laganov va Jalolov Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma oldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 095           Дата: 31-03-2016, 18:09          
Xitoyning Sian An shahrida boks bo‘yicha Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmalari uchun Osiyo va Okeaniya mintaqalarining qo‘shma litsenzion turnirining yarim final bellashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi va yana uch nafar o‘zbekistonlik sportchi Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik bokschilar Rasulov, To‘laganov va Jalolov Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma oldi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha,  -81 kilogramm vazn toifasida Elshod Rasulov qirg‘izistonlik Yerkin Adilbek uluni ikkinchi raundda nokautga uchratib, muddatdan avval g‘alabani qo‘lga kiritdi va shu orqali u musobaqa finali hamda Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma oldi.

-91 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Rustam To‘laganov ham muddatidan avval g‘alaba qozondi. Avstraliyalik Jeyson Vateleyga qarshi jangda o‘zbekistonlik bokschi ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratib, musobaqa finali va Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

+91 kilogramm vazn toifasida eronlik Abdulmajid Sepaxvandiga qarshi jang olib borgan O‘zbekiston vakili Bahodir Jalolov raqibini katta ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratdi. U ham musobaqa finali va Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

O‘zbekistonlik bokschilar Rasulov, To‘laganov va Jalolov Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma oldi

Avvalroq Hasanboy Do‘smatov (-49 kilogramm), Yodgoroy Mirzayeva (-51 kilogramm), Shahobiddin Zoirov (-52 kilogramm) ва Shahram G‘iyosov (-69 kilogramm) Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olganligi haqida xabar berilgan edi. Shu tariqa, ushbu musobaqada ishtirok etayotgan yetti nafar o‘zbekistonlik bokschining barchasi final va Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqdi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Популярные новости

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Февраль 2017    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     12345
    6789101112
    13141516171819
    20212223242526
    2728