Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Messi “jiddiy imtihon” haqida, Beyl esa ochkolar farqini 3 taga qisqartirish haqida o‘ylamoqda: “El-Klasiko”ga 2 kun qoldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 989           Дата: 31-03-2016, 15:01          
“Barselona” va “Real” futbol klublari o‘rtasidagi 2016-yilning birinchi “El-Klasiko”si 2-aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda ikki jamoa ham mavsumning markaziy o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:30 da boshlanadi.

Messi “jiddiy imtihon” haqida, Beyl esa ochkolar farqini 3 taga qisqartirish haqida o‘ylamoqda: “El-Klasiko”ga 2 kun qoldi

To‘qnashuv oldidan bir qator futbolchi va murabbiylar fikr bildirdi va bu o‘yinoldi bayonotlarining so‘nggisi emas.

Karlos Kazemiro, “Real Madrid” yarim himoyachisi

Messi “jiddiy imtihon” haqida, Beyl esa ochkolar farqini 3 taga qisqartirish haqida o‘ylamoqda: “El-Klasiko”ga 2 kun qoldi

“‘Real’ga befarq bo‘lmagan barcha-barchani o‘zgacha hafta kutib turibdi. Bu men istagan uchrashuv. O‘ylaymanki, g‘alaba qozona olamiz. ‘Barselona’ bilan o‘yinda qalbimizni stadionga beramiz. Muxlislarimizdan bizga ishonishda davom etishlarini so‘rayman, chunki biz doimo 100 foiz kuch bilan harakat qilamiz”.

Andres Inyesta, “Barselona” yarim himoyachisi

Messi “jiddiy imtihon” haqida, Beyl esa ochkolar farqini 3 taga qisqartirish haqida o‘ylamoqda: “El-Klasiko”ga 2 kun qoldi

“24-mart kuni ‘Barselona’ afsonasi Yoxan Kruiff vafot etdi. Unga minnatdorchilik bildirishning eng yaxshi yo‘li — ‘Real’ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish. Bu bizga qo‘shimcha ishtiyoq o‘rnida xizmat qiladi. Umid qilamanki, ‘El-Klasiko’ ko‘tarinki ruhda o‘tadi. ‘Real’ni Mourinyo boshqargan uch yil davomida ‘Klasiko’dagi mash-mashalar hech birimizga foyda keltirgani yo‘q. Biz hammamiz faqat futbol haqida o‘ylashni xohlaymiz”.

Keylor Navas, “Real Madrid” darvozaboni

Messi “jiddiy imtihon” haqida, Beyl esa ochkolar farqini 3 taga qisqartirish haqida o‘ylamoqda: “El-Klasiko”ga 2 kun qoldi

“Biz qo‘llarimizni pastga tushirganimiz yo‘q — bu ‘Real’ga xos emas. Bu jamoa libosida bor kuching bilan harakat qilishga majbursan. Bellashuvni butun dunyo tomosha qiladi. Shunday ekan, 3 ochko uchun emas, faqat va faqat g‘alaba uchun o‘ynashimiz kerak bo‘ladi”.

Garet Beyl, “Real Madrid” yarim himoyachisi

Messi “jiddiy imtihon” haqida, Beyl esa ochkolar farqini 3 taga qisqartirish haqida o‘ylamoqda: “El-Klasiko”ga 2 kun qoldi

“Biz ‘Barselona’dan 10 ochko ortda qolyapmiz. Imkonimiz bor ekan, oradagi ochkolar farqini yo‘qqa chiqarish uchun oxirigacha kurashamiz. Shanba kuni farqni 7 ta qilish uchun o‘ynaymiz”.

Lionel Messi, “Barselona” hujumchisi

Messi “jiddiy imtihon” haqida, Beyl esa ochkolar farqini 3 taga qisqartirish haqida o‘ylamoqda: “El-Klasiko”ga 2 kun qoldi

“Sog‘lig‘im bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q. Endi Barselonaga qaytib, ‘Real’ga qarshi ‘Klasiko’ haqida o‘ylash vaqti yetdi. Bu ‘Barselona’ uchun jiddiy imtihon bo‘ladi”.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн