Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

JCh—2018 saralash. Edinson Kavanining goli Urugvay terma jamoasini Janubiy Amerika mintaqasida 1-o‘ringa olib chiqdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 310           Дата: 30-03-2016, 09:44          
Futbol bo‘yicha 2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun kurash olib borayotgan Janubiy Amerika terma jamoalari 30-mart kuni tongda saralashning 6-tur uchrashuvlarini yakunladi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.

JCh—2018 saralash. Edinson Kavanining goli Urugvay terma jamoasini Janubiy Amerika mintaqasida 1-o‘ringa olib chiqdi

5-turga qadar peshqadam bo‘lib kelayotgan Ekvador birinchi mag‘lubiyatini Kolumbiya terma jamoasidan qabul qilib oldi. Gustavo Kinteros jamoasi so‘nggi daqiqada kiritilgan gol evaziga yirik mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Ekvadorning ochko yo‘qotishidan unumli foydalangan Urugvay terma jamoasi o‘z maydonida Peruni mag‘lub etib, saralash turnir jadvalining 1-pog‘onasiga ko‘tarildi.

Dunga murabbiyligidagi Braziliya terma jamoasi o‘tgan turda Urugvayni 2 ta gol farqi bilan yenga turib, yakunda g‘alabani saqlab qola olmagandi. Bu safar pentakampionlar iroda ko‘rsatib, 2 ta gol farqini yo‘qqa chiqara oldi.

6-turdan keyin jamoalar turnir jadvalida quyidagi ketma-ketlikda joylashgan: Urugvay — 13 ochko, Ekvador — 13, Argentina — 11, Chili — 10, Kolumbiya — 10, Braziliya — 9, Paragvay — 9, Peru — 4, Boliviya — 3, Venesuela — 1.

JCh—2018 saralashi
Janubiy Amerika
6-tur uchrashuvlari

Kolumbiya — Ekvador 3:1 (1:0)

Gollar: Karlos Bakka, 15 (1:0). Sebastyan Kardona, 48 (2:0). Karlos Bakka, 67 (3:0). Maykl Arroyo, 90 (3:1).

Urugvay — Peru 1:0 (0:0)

Gol: Edinson Kavani, 51 (1:0).

Venesuela — Chili 1:4 (1:1)

Gollar: Romulo Otero, 9 (1:0). Maurisio Pinilya, 33 (1:1). Maurisio Pinilya, 52 (1:2). Arturo Vidal, 72 (1:3). Arturo Vidal, 90+2 (1:4).

Argentina — Boliviya 2:0 (2:0)

Gollar: Gabriel Merkado, 21 (1:0). Lionel Messi, 29-pen (2:0).

Paragvay — Braziliya 2:2 (1:0)

Gollar: Dario Leskano, 40 (1:0). Edgar Benites, 49 (2:0). Rikardo Oliveyra, 79 (2:1). Dani Alves, 90+2 (2:2).

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн