Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonlik bokschilar Elshod Rasulov va Bahodir Jalolov Xitoydagi turnirning yarim finaliga chiqdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 652           Дата: 29-03-2016, 18:23          
Xitoyning Sian An shahrida boks bo‘yicha Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmalari uchun Osiyo va Okeaniya mintaqalarining qo‘shma litsenzion turnirida ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi Elshod Rasulov va Bahodir Jalolov yarim finalga chiqdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘zbekistonlik bokschilar Elshod Rasulov va Bahodir Jalolov Xitoydagi turnirning yarim finaliga chiqdi

-81 kilogramm vazn toifasida Elshod Rasulov tojikistonlik Navro‘z Jafoyevni mag‘lub etgan bo‘lsa, +91 kilogramm vaznda Bahodir Jalolov Xitoy terma jamoasi a’zosi Xaypeng Mu ustidan zafar quchdi. Har ikki bokschi XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmalarini qo‘lga kiritishi uchun yarim final jangida ham g‘alaba qozonishi talab etiladi. Yarim final bahslari 31-mart, payshanba kuni o‘tkaziladi.

Shuningdek, -51 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Yodgoroy Mirzayeva chorak final jangida KXDR vakili Ri Xuang Mi ustidan zafar quchib, yarim finalga yo‘l oldi. Yodgoroy Mirzayeva 31-mart, payshanba kuni o‘tkaziladigan yarim final jangida g‘alaba qozonsa, o‘zbekistonlik xotin-qizlar orasida boks bo‘yicha birinchi bo‘lib Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan sportchi sifatida qayd etiladi.

Bugun kechki dasturda, shuningdek, o‘zbekistonlik bokschilardan Hasanboy Do‘smatov (-49 kilogramm) indoneziyalik Kornelius Kvanguga, Shahobiddin Zoirov (-52 kilogramm) yaponiyalik Riyomi Tanakaga, Shahram G‘iyosov (-69 kilogramm) koreyalik Dongjin Liga hamda Rustam To‘laganov (-91 kg) Yangi Zelandiya vakili Nuik Davidga qarshi ringga ko‘tariladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Популярные новости

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Март 2017    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     12345
    6789101112
    13141516171819
    20212223242526
    2728293031