Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bahraynga gol urish bo‘yicha mutaxassis Aleksandr Geynrix Bahraynga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 253           Дата: 28-03-2016, 21:46          
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 29-mart, seshanba kuni JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 saralashi doirasida Toshkentda Bahrayn terma jamoasini qabul qiladi. Bahrayn darvozasiga gol urish bo‘yicha o‘zbekistonlik futbolchilar orasida rekordchi hisoblangan Aleksandr Geynrix ushbu o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.

Bahraynga gol urish bo‘yicha mutaxassis Aleksandr Geynrix Bahraynga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

“Championat.asia”ning xabar berishicha, 28-mart kuni tashkil etilgan o‘yinoldi matbuot anjumanida jurnalistlarning: “Geynrixni maydonga ertaroq tushirishning imkoni bormi?”, — degan savoliga, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan shunday javob qaytardi: “Sasha terma jamoamizning muhim bo‘lagi. Qozog‘istonda mavsum endi boshlandi. Shu bois hozircha uni kamroq vaqtga tushirayapmiz. Agar vaziyat taqozo etsa, Geynrix istalgan vaqtda maydonga tushishga tayyor”.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Bahraynga qarshi hozirga qadar umumiy hisobda 11 marta maydonga tushib, uning darvozasiga 14 ta gol urib, o‘z darvozasidan 8 ta gol o‘tkazib yuborgan.

O‘zbekistonlik to‘rt futbolchiga Bahrayn darvozasiga bir martadan ko‘proq gol urish nasib qilgan — Bahodir Seitkamolov, Maksim Shatskix va Odil Ahmedov Bahrayn darvozasiga ikkitadan gol urgan bo‘lsa, Aleksandr Geynrix uch bor yo‘l topgan.

Bahraynga qarshi navbatdagi o‘yinda bu futbolchilardan Ahmedov va Geynrix ishtirok etadi. 2015-yilning 8-oktabr kuni JCh-2018 saralashi 2-bosqichining Riffada bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinida, shuningdek, Igor Sergeyev, Sardor Rashidov, Eldor Shomurodov ham gol urishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 saralashi doirasidagi bundan avvalgi uchrashuvni 22-mart kuni Filippinga qarshi o‘tkazib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur uchrashuvdagi yagona gol zaxiradan maydonga tushgan Aleksandr Geynrixning to‘p uzatishidan so‘ng Anzur Ismoilov tomonidan kiritildi.

O‘zbekiston va Bahrayn terma jamoalari o‘rtasidagi 29-mart, seshanba kuni bo‘ladigan o‘yin Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн