Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Avliyo Yoxan”. Marhum Yoxan Kroyffning hayot yo‘li

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 236           Дата: 25-03-2016, 18:32          
Kecha, 24-mart kuni afsonaviy futbolchi Yoxan Kroyff olamdan o‘tdi. Gollandiyadan boshlanma olgan total futbolni butun Yevropaga ommalashtirishda uning o‘rni beqiyosdir. U o‘z vaqtida zamonaviy futbol qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi tasavvurlarni qaytadan shakllantira oldi.

“Futbol” uchar gollandning hayot yo‘lini yodga oldi.

“Avliyo Yoxan”. Marhum Yoxan Kroyffning hayot yo‘li

Xendrik Yoxannes Kroyff 1947-yilning 25-aprelida dunyoga keldi. U oilasi bilan Amsterdam sharqidagi Betondorp (betonli qishloq) tumanining yahudiy kvartalida istiqomat qilardi. “Ayaks” jamoasining eski stadioni shu atrofda joylashgan edi.

Yoxanning otasi sabzavot sotar, onasi esa “Ayaks”da farrosh bo‘lib ishlardi. Onasining ish joyi Yoxanning kelajagiga bevosita ta’sir o‘tkazdi.

Urushdan keyingi yillarda gollandiyaliklar sovuq va zax uylarda istiqomat qilar, ovqatlanish ratsionining kamtarona ekanligi ham o‘sib kelayotgan avlodga ta’sir o‘tkazmay qolmasdi. Yoxan bolaligida ozg‘in, kasalmand edi. Uyatchanligi bois tengdoshlari orasida ko‘zga ko‘rina olmagan bolakay omadsizliklarining alamini futbol maydonida olardi.

Yoxan va uning ukasi Genriga ko‘chada to‘p tepishga ruxsat berilmagani bois ular sevimli mashg‘ulotlari bilan asosan maktabda shug‘ullanardi. Ozg‘in va bir qarashda nimjon bo‘lgan Yoxan o‘yin paytida nafaqat tengdoshlari, balki o‘zidan kattalarni ham osonlikcha aldab o‘tardi. O‘sha yillarda u o‘zining ilk fintlarini ishlab chiqa boshladi. O‘n yoshida iqtidor sohibi “Ayaks”ning yoshlar maktabiga olindi.

Ammo murabbiylarni uning nimjon jussasi qoniqtirmas edi. Bu to‘siqni yengib o‘tishda Yoxanga onasining tanishlari yordam berdi. O‘sha yillardayoq Kroyffning tezligi va texnik mahorati nihoyatda yuqori bo‘lib, maydonni yaxshi ko‘ra olishi bilan barchani hayratga solardi. U hatto yoshi katta do‘stlariga o‘yinni olib borish bo‘yicha maslahatlar bera boshladi.

“Futbol o‘ynash juda oson. Uchta narsani qila olish kerak. To‘pni to‘g‘ri tepish, uni sherigingga yetkazish yoki gol urish uchun. To‘pni nazorat qilish. Ochilishni bilish. To‘psiz o‘ynash to‘p bilan o‘ynashdan ko‘ra muhimroqdir. Axir o‘yinchi unga 5–7 daqiqa egalik qiladi. Uchrashuv natijasi esa futbolchi qolgan 83–85 daqiqada maydonda o‘zini qanday tutishiga bog‘liq”, — der edi Yoxan Kroyff.

16 yoshida “Ayaks” bilan birinchi shartnomasini imzolagan Kroyff 17 yoshligida asosiy jamoa tarkibida ilk bor maydonga tushdi, 19 yoshida esa Gollandiya terma jamoasi tarkibidagi debyutini amalga oshirdi. 1965/66-yilgi mavsumda, “Ayaks”dagi faoliyatining ikkinchi yilida Kroyff chempionatning 19 uchrashuvida 16 ta, shuningdek, 4 ta kubok o‘yinlarida 9 ta golni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Aynan o‘shanda “Ayaks” rahbarligiga Rinus Mixels keldi va futbolda inqilob boshlandi.

Tez orada Kroyff nafaqat murabbiyning taktik konsepsiyasiga mos kelishi, balki butun jamoaning o‘yinini olib borishga qodirligi aniqlandi. U maydonda tinimsiz harakatlanib, raqiblar kutmagan joylarda paydo bo‘lar va ularni sarosimaga solardi. Shu-shu uni “Uchar golland” deb atay boshladilar.

Kroyff 30 metr masofani 3,8 sekundda bosib o‘ta olardi. U joyidan turib tezlik olishni va darhol to‘xtashni eplardi. Kroyffning mashhur uslublaridan biri to‘pni oyoq kaftining tashqi tomoni bilan burash edi. U jarima va burchak to‘plarini ijro qilish paytida to‘pni shunday ajabtovur trayektoriya bo‘yicha o‘yinga kiritar ediki, koptok himoyachilarni aylanib o‘tib, Kroyffning jamoadoshlariga yetib borardi.

Mixels va Kroyffning total futboli qalblarni zabt etishda davom etayotgandi. 1966–1973-yillar orasida “Ayaks” olti marta Gollandiya chempionligini qo‘lga kiritdi. 1971-yilda amsterdamliklar Gretsiyaning “Panatinaikos” klubini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, birinchi marta Yevropa chempionlari Kubogini qo‘lga kiritdi. “Ayaks”ning va shaxsan Yoxan Kroyffning o‘yini Yevropa futbol ahlini hayratga soldi. O‘sha yili Kroyff birinchi “Oltin to‘p” bilan taqdirlandi.

Keyingi yil “Ayaks” Yevropaning bosh turnirida yana yetakchilik qildi va finalda “Inter”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi (har ikki gol muallifi Kroyff bo‘ldi).

1973-yilda “Ayaks” Kubokni ketma-ket uchinchi marta qo‘lga kiritdi. Bu safar hal qiluvchi o‘yinda Italiyaning yana bir jamoasi — “Yuventus” 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratildi.

O‘z navbatida, Kroyff 1973–1974-yillarda yana “Oltin to‘p” sohibiga aylandi.

Germaniyadagi jahon chempionatiga Gollandiya terma jamoasi yaqqol favorit maqomida bordi. Turnir boshida Frantishek Fadronsning o‘rniga Rinus Mixels terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu ishda, shuningdek, terma jamoa tarkibini shakllantirishda Kroyffning ham ma’lum o‘rni bo‘ldi. Nima bo‘lganda ham, Germaniyadagi mundial finalida maydon egalari “sehrgar” gollandlardan ustun keldi.

1974-yilgi JCh Yoxan Kroyff xalqaro karyerasining cho‘qqisi bo‘ldi. U keyingi jahon chempionatiga borishdan nega bosh tortgani haligacha sir bo‘lib qolmoqda. Taxminlarga ko‘ra, u Mixelsning o‘rnini egallagan Ernst Xappel rahbarligi ostida to‘p surishni istamagan.

1973-yili Kroyff Ispaniyaning “Barselona” jamoasiga bor-yo‘g‘i 900 ming funt sterling evaziga o‘tdi. Bugungi kun futbol muxlisiga ushbu raqam juda kichkina bo‘lib tuyuladi.

1978-yilgacha “Barselona” tarkibida faoliyat yuritgan Kroyff Shimoliy Amerika ligasiga o‘tib ketdi. Shunday bo‘lsa-da, uning Kataloniya poytaxtiga bo‘lgan mehri o‘zgacha edi. Oradan yillar o‘tib, u “Barselona”ga murabbiy sifatida qaytib keladi.

Kroyff-murabbiy “Barsa” o‘yinini ajoyib xislatlar bilan boyitdi. Buning natijasida ketma-ket to‘rt marta Primerani, Yevropa chempionlari kubogini va yana ko‘plab mukofotlarni yutib oldi.

Biroq asab bilan bog‘liq muammolar tufayli sog‘lig‘i yomonlashgan golland afsonasi murabbiylikdan tez orada voz kechdi. Undan keyin Kroyff jiddiy takliflarni qabul qilmasdan, bir qancha qisqa muddatli loyihalarda qatnashdi, jumladan, Kataloniya ramziy terma jamoasiga bir necha bor rahbarlik qildi, shuningdek, bolalar bilan ko‘p ishladi.

Kroyff Gollandiyaga tez-tez borib turar, olti kishilik jamoalarga mo‘ljallangan maydonlarda bolalar orasida musobaqalar o‘tkazar edi. Afsonaviy uchar golland aynan shunaqa sharoitda bolalar o‘z qobiliyatini maksimal darajada puxta takomillashtira oladi, deb hisoblar edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031