Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Qatar, Tailand va Janubiy Koreya JCh—2018 saralashining hal qiluvchi bosqichiga yo‘llanma oldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 300           Дата: 25-03-2016, 12:38          
29-mart, seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar natijasidan qat’iy nazar, 2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati yo‘lida kurash olib borayotgan terma jamoalardan Qatar, Tailand hamda Janubiy Koreya hal qiluvchi bosqichga yo‘llanma oldi.

Qatar, Tailand va Janubiy Koreya JCh—2018 saralashining hal qiluvchi bosqichiga yo‘llanma oldi

24-mart, payshanba kuni tashkil etilgan o‘yinlar doirasida Qatar termasi Gonkong ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa yetti o‘yinda yuz foizlik natija qayd etgan Xose Daniyel Karreno shogirdlari so‘nggi saralash bosqichiga muddatidan avval yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Tailand va Iroq terma jamoalarining Bankokda tashkil etilgan birinchi o‘yinida 2:2 hisobi qayd etilgandi. Neytral maydon — Tehronda bo‘lib o‘tgan javob bellashuvi ham xuddi shu hisob bilan yakunlandi. Tailandliklar qolgan barcha o‘yinlarni o‘z foydalariga hal qilishgan, Iroq safarda Vetnam qarshiligini ham sindira olmagani uchun, guruh yetakchiligini qo‘ldan boy berdi.

Janubiy Koreya terma jamoasi Livan ustidan zafar quchib, so‘nggi saralash bosqichiga muddatidan avval yo‘l olgan uchinchi jamoaga aylandi.

“A” guruhi

Mazkur guruhda barcha masala so‘nggi turda hal bo‘ladi. 29-mart kuni 16 ochko bilan guruhda ikkinchi bo‘lib turgan BAA o‘z maydonida 19 ochkosi bor Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi. Tomonlarning Jidda shahridagi birinchi o‘yinida saudiyaliklar 2:1 hisobida zafar quchishgan.

BAA — Falastin 2:0
Gollar: Ismoil Al-Hammadi, 32 (1:0). Ahmad Halil, 60-pen (2:0).

Saudiya Arabistoni — Malayziya 2:0
Gollar: Muhammad As-Sahlavi, 50 (1:0). Taysir Al-Jassam, 74 (2:0).

“B” guruhi

Bu guruhda ham barcha masalaga so‘nggi turda oydinlik kiritiladi. Bunda 18 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan Avstraliya terma jamoasi 29-mart kuni 16 ochkosi bor Iordaniyani o‘z maydonida sinovdan o‘tkazadi.

Avstraliya — Tojikiston 7:0
Gollar: Massimo Longo, 2 (1:0). Mile Yedinak, 13-pen (2:0). Mark Milligan, 57-pen (3:0). Natan Byorns, 67 (4:0). Tomas Rogich, 70 (5:0). Tomas Rogich, 72 (6:0). Natan Byorns, 87 (7:0).

Iordaniya — Bangladesh 8:0
Gollar: Hamza Al-Daradreh, 7 (1:0). Hamza Al-Daradreh, 23 (2:0). Abdulloh Dib, 29-pen (3:0). Ahmad Muhammad, 32 (4:0). Hamza Al-Daradreh, 40 (5:0). Faysal Muhammad, 63 (6:0). Yusuf An-Naber, 81 (7:0). Ahmad Solih, 90+3-pen (8:0).

“C” guruhi

Qatar muddatidan avval guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunladi. Xitoy terma jamoasi eng yaxshi to‘rtta 2-o‘rin egalaridan biriga aylanib olishi uchun 29-mart kuni o‘z maydonida Qatarni yengishi kerak. Nazariy jihatdan olib qaraganda, ehtimoliy g‘alaba ham xitoyliklar uchun kamlik qilishi mumkin.

Xitoy — Maldiv 4:0
Gollar: Dzang Ning, 2 (1:0). Yang Dzu, 12 (2:0). Dzang Ning, 84 (3:0). Dzang Ning, 90+1 (4:0).

Qatar — Gonkong 2:0
Gollar: Hasan Al-Haydos, 20 (1:0). Andres Kuintana, 86 (2:0).

“D” guruhi

7-turdan keyin Eron 17, Ummon 14 ochkoga ega. 29-mart kuni bu ikki terma jamoa Tehrondagi “Ozodi” stadionida to‘qnash keladi.

Eron — Hindiston 4:0
Gollar: Ehson Hoji Safi, 33-pen (1:0). Sardor Azmun, 61 (2:0). Ehson Hoji Safi, 66 (3:0). Alirizo Jahon Baxshiy, 78 (4:0).

Ummon — Guam 1:0
Gol: Ahmad Muborak, 53 (1:0).

“E” guruhi

Yaponiya terma jamoasi barcha masalaga muddatidan avval oydinlik kirita olmadi. 19 ochkoga ega bo‘lgan yaponiyaliklar so‘nggi turda 18 ochkolik Suriyani Saitamada mehmon qilishadi.

Yaponiya — Afg‘oniston 5:0
Gollar: Shinji Okazaki, 43 (1:0). Xiroshi Kiyotake, 58 (2:0). Sharif Muhammad, 63-avt (3:0). Maya Yoshida, 74 (4:0). Mu Kanazaki, 78 (5:0).

Suriya — Kambodja 6:0
Gollar: Umar Harbin, 7 (1:0). Umar Harbin, 19 (2:0). Ahmad Kalasi, 58 (3:0). Abdulrazzoq Al-Husayn, 71 (4:0). Abdulrazzoq Al-Husayn, 81 (5:0). Sanharib Malkiy, 84 (6:0).

“F” guruhi

Tailand, ko‘pchilik uchun kutilmaganda, guruhni muvaffaqiyatli yakunladi. Iroq terma jamoasi esa imkoniyatlarini qiyinlashtirib yubordi. So‘nggi turni Vetnamga qarshi o‘tkazadigan Iroq g‘olib chiqib ham guruhda qolib ketishi mumkin.

Vetnam — Xitoy Taypeyi 4:1
Gollar: Vu Chun Ching, 7 (0:1). Le Chong Vin, 8 (1:1). Nguyen Van Toan, 29 (2:1). Nguyen Van Toan, 42 (3:1). Le Chong Vin, 90+1 (4:1).

Iroq — Tailand 2:2
Gollar: Mangkol Txosakrai, 39 (0:1). Mahdi Komil, 67 (1:1). Adisak Kraisorn, 86 (1:2). Koravit Namviset, 90+5-avt (2:2).

“G” guruhi

Janubiy Koreya raqiblariga imkoniyat qoldirmadi — 7 o‘yin va 7 g‘alaba, to‘plar nisbati 24:0.

Janubiy Koreya — Livan 1:0
Gol: Li Jung Xyup, 90+3 (1:0).

“H” guruhi

7-turga kelibgina bu guruhda peshqadam nomi o‘zgardi. O‘zbekiston terma jamoasi 29-mart kuni Bahraynga qarshi kurash olib borsa, undan ikki ochko kam to‘plagan KXDR safarda Filippin mehmoni bo‘ladi.

O‘zbekiston — Filippin 1:0
Gol: Anzur Ismoilov, 59 (1:0).

Bahrayn — Yaman 3:0
Gollar: Ismoil Abdulatif, 32 (1:0). Abdulvahob Al-Malud, 64 (2:0). Muhammad Ar-Rumai, 90+2 (3:0).

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн