Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston JCh—2018 yo‘llanmasi kurashidan chiqib ketishi uchun 29-martda nima bo‘lishi kerak?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 485           Дата: 25-03-2016, 12:38          
Filippin ustidan 1:0 hisobida g‘olib chiqqaniga qaramay, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati—2018 saralashining navbatdagi bosqichiga yo‘llanma olgani yo‘q. Futbol bo‘yicha BAA chempionatida maslahatchisi sifatida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik mutaxassis Alisher Nikimbayevning Facebook’dagi sahifasida yozishicha, agar Tailand Iroqqa qarshi saralash o‘yini so‘nggi daqiqasida o‘z darvozasiga gol urmaganida edi, O‘zbekiston saralashning uchinchi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘lgan bo‘lardi.

O‘zbekiston JCh—2018 yo‘llanmasi kurashidan chiqib ketishi uchun 29-martda nima bo‘lishi kerak?

Nazariy jihatdan olib qaraganda O‘zbekiston 3-saralash bosqichida ishtirok etadigan 12 ta terma jamoa qatoriga kira olmasligi ham mumkin. Buning uchun, Nikimbayevning yozishicha, quyida sanab o‘tilgan holatlarning barchasi ro‘y berishi kerak:

  • O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z maydonida Bahraynga imkoniyatni boy berishi;
  • KXDR terma jamoasi safarda Filippin ustidan zafar quchishi;
  • BAA terma jamoasi o‘z maydonida Saudiya Arabistoni termasini yengishi;
  • Suriya terma jamoasi safarda Yaponiyadan yengilmasligi yoki minimal hisobda imkoniyatni boy berishi;
  • Iordaniya terma jamoasi safarda Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratishi;
  • Iroq terma jamoasi Vyetnamni mag‘lub etishi.
  • Sanab o‘tilgan holatlarning barchasi amalga oshgan taqdirda, O‘zbekiston, Avstraliya, Suriya va Iroq terma jamoalarining ochkolari 12 tani tashkil qilib, to‘plar nisbatidagi ko‘rsatkichni hisoblashga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston terma jamoasida ko‘rsatkich hozircha +9, Avstraliyada +13, Suriyada +8, Iroqda esa +6.

    Avstraliya va Yaponiya ishtirokidagi o‘yinlar O‘zbekiston — Bahrayn bellashuvidan 3—4 soat ertaroq boshlanishini inobatga olsak, “Bunyodkor” stadionidagi uchrashuv boshlanguncha O‘zbekiston terma jamoasi saralashning 3-bosqichiga chiqib bo‘lishi mumkin. Mabodo bellashuvga qadar hali hech narsa aniq bo‘lmasa, Bahraynga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan boshqa har qanday natija O‘zbekiston terma jamoasini 3-saralash bosqichiga olib chiqadi.

    • Qatar, Tailand va Janubiy Koreya JCh—2018 saralashining hal qiluvchi bosqichiga yo‘llanma oldi

    • O‘zbekiston terma jamoasi Filippin bilan o‘yinda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi

    - deb xabar beradi Daryo nashri.


    Категория: Спорт  Нашли ошибку?

    Похожие музыки

    Похожие клипы

    Добавить комментарий

    avatar

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Декабрь 2016    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     1234
    567891011
    12131415161718
    19202122232425
    262728293031 

    Мы Онлайн