Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston terma jamoasi Filippin bilan o‘yinda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 207           Дата: 24-03-2016, 18:47          
Bugun, 24-mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 saralashi doirasida O‘zbekiston termasi Filippinga qarshi bahs olib bordi. Unda 1:0 hisobi qayd etilib, O‘zbekiston temma jamoasi foydasiga hal bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi Filippin bilan o‘yinda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi

Birinchi bo‘limda O‘zbekiston terma jamoasida hisobni ochish uchun bir qator qulay vaziyatlar vujudga keldi. Ammo ularning birortasi ham golga aylanmadi. Dastlabki bo‘limning e’tiborga molik tomoni Filippin termasi hujumchisi Xose Elmer Porterianing 10-daqiqada chetlatilishi bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Aleksandr Geynrix o‘yinga tezda kirishib ketdi. 59-daqiqada Geynrix jarima zarbasini ishlab oldi va uni o‘zi amalga oshirdi. Uning uzatmasidan so‘ng Anzur Ismoilov boshi bilan to‘pga zarba berdi va to‘p Nil Iterij darvozasi to‘ridan joy oldi. Mazkur o‘yinda yagona bo‘lib qoldi.

G‘alabadan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi “H” guruhida ochkolar sonini 18 taga yetkazib, guruh peshqadamiga aylanib oldi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan Shimoliy Koreya termasi hisobida 16 ochko mavjud. Ushbu guruhdagi Bahrayn va Yaman o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 24-mart kuni Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston termasi Jahon chempionati–2018 turniriga ikkinchi saralash bosqichi “H” guruhidagi so‘nggi uchrashuvini 29-mart, seshanba kuni Bahraynga qarshi o‘tkazadi. Mazkur o‘yin Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida, soat 18:00 da boshlanadi.

O‘zbekiston – Filippin 1:0 (0:0)

Gol: Ismoilov (59)

Ogohlantirish: Martin Shtebl (8)

Chetlatish: Xose Elmer Porteria (10)

O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov, Vitaliy Denisov, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Server Jeparov (Aleksandr Geynrix, 57), Javohir Sohibov, Odil Ahmedov, Sardor Rashidov (Marat Bikmayev, 82), Eldor Shomurodov (Jasur Hasanov, 52), Igor Sergeyev.

Filippin: Nil Iterij, Simone Rota, Xuan Girado, Lyuk Vudland, Yan Remsey (Maykl Deniels, 64), Sato Daysuke, Amani Aginaldo, Patrik Reychelt (Dennis Vilyanueva, 70), Xaver Patino, Martin Shtebl, Xose Elmer Porteria.

Hakamlar: Ryuji Sato (Yaponiya), Toru Sagara (Yaponiya), Shinji Ochi (Yaponiya), Pu Udom Sivakorn (Tailand).

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031