Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Filippinga qarshi o‘yin oldidan 5 nafar o‘zbekistonlik futbolchida ogohlantirish bor

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 608           Дата: 24-03-2016, 15:55          
Futbol bo‘yicha JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 saralashi doirasidagi Filippinga qarshi o‘yin arafasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining besh nafar futbolchisida ogohlantirish bor.

Filippinga qarshi o‘yin oldidan 5 nafar o‘zbekistonlik futbolchida ogohlantirish bor

Avvalroq, BAAning “Ash-Shabab” klubida to‘p suruvchi yarim himoyachi Azizbek Haydarov, avvalgi o‘yinlarda ikki sariq kartochka olgani sabab, Filippinga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgan edi. Saralashning avvalgi uchrashuvlarida O‘zbekiston termasining boshqa yetakchilari ogohlantirilgan.

Jumladan, Yaman terma jamoasiga qarshi Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘yinda Odil Ahmedov va Javohir Sohibovga sariq kartochka ko‘rsatilgan. Bahraynga qarshi safar uchrashuvida Yegor Krimets hakam tomonidan ogohlantirilgan bo‘lsa, O‘zbekiston — KXDR o‘yinida Sardor Rashidov va Islom To‘xtaxo‘jayev sariq kartochkaga “loyiq ko‘rilgan”.

Nomlari keltirilgan futbolchilar Filippinga qarshi o‘yinda maydonga tushib, yaponiyalik referi Ryuji Sato tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirilsa, 29-mart kuni bo‘ladigan Bahraynga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Shunda, agar O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralashning keyingi bosqichiga yo‘l olsa, yetakchi futbolchilar kartochkalardan tozalanib oladi.

  • O‘zbekiston — Filippin. Matnli onlayn

Ma’lumot uchun, JCh—2014 saralashi doirasida ham O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan shunga o‘xshash holat yuz bergan edi. 2011-yil 15-noyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi saralashning 3-bosqichida Tojikistonni qabul qilganida, Aleksandr Geynrix, Odil Ahmedov, Sanjar Tursunov, Vagiz Galiulin, Islom To‘xtaxo‘jayev va Shavkat Mullajonov ogohlantirilgandi.

  • So‘rovnoma: Odil Ahmedov va Sardor Rashidov Filippinga qarshi o‘yinda sariq kartochka oladimi?

Keyinroq FIFA vaziyatni o‘rganib chiqib, Aleksandr Geynrixdan boshqa barcha futbolchilar sariq kartochkani qasddan olgan, deb topgan hamda ularni qo‘shimcha yana bitta o‘yinga diskvalifikatsiya qilgan. Shundan so‘ng bu beshlik hal qiluvchi bosqichda Eron milliy terma jamoasiga qarshi dastlabki uchrashuvni o‘tkazib yuborgan, Toshkentda bo‘lgan shu o‘yinda O‘zbekiston termasi 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031