Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Futbol. O‘rtoqlik uchrashuvlari: Xorvatiya Isroilni, Polsha Serbiyani mag‘lub etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 237           Дата: 24-03-2016, 12:49          
FIFA kunlaridan unumli foydalangan Yevropaning bir qator milliy terma jamoalari 23-mart, chorshanba kuni o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Futbol. O‘rtoqlik uchrashuvlari: Xorvatiya Isroilni, Polsha Serbiyani mag‘lub etdi

Yevro—2016 ishtirokchisi hisoblangan Xorvatiya termasi Isroilga qarshi o‘yinda o‘zi uchun yangi — 3-5-2 taktik sxemasida harakatlandi. Italiyaning “Inter” klubi yarim himoyachilari — Ivan Perishich va Martselo Brozovich tomonidan urilgan gollar mezbonlar g‘alabasini ta’minlagan. Xorvatiya terma jamoasi sardori Dario Srna uchrashuvning 44-daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etgan.

Litva termasining yangi bosh murabbiyi Edgaras Yankauskas o‘zining debyut uchrashuvida Yevro—2016 ishtirokchisi — Ruminiyaga imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdagi yagona gol zaxiradan maydonga tushib, Ruminiya safida o‘zining debyut uchrashuvini o‘tkazgan Stanchu hisobiga yozildi. U 25 metrlar uzoqlikdan to‘pni Litva darvozasiga joyladi.

38 ming muxlis ko‘z o‘ngida kechgan o‘rtoqlik o‘yinida Polsha terma jamoasi o‘z muxlislarini xursand qildi. Yakub Blashchikovski tomonidan urilgan gol o‘zinining yagonaligini saqlab qoldi. Ikkinchi bo‘limda Arkadiush Milik tomonidan yo‘llangan zarbadan keyin to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi. 26-mart, shanba kuni Polsha navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini Finlyandiyaga qarshi o‘tkazadi.

O‘rtoqlik uchrashuvlari
23-mart, chorshanba

Xorvatiya — Isroil 2:0
Gollar: Ivan Perishich, 4 (1:0). Martselo Brozovich, 34 (2:0).
Xorvatiya: Daniel Subashich (Lovren Kalinich, 46), Ivan Perishich, Vedran Chorluka (Gordon Shildenfeld, 46), Deyan Lovren, Luka Modrich (Domogoy Antolich, 68), Dario Srna (Shime Vrsalko, 44), Martselo Brozovich, Nikola Kalinich (Mateo Kovachich, 57), Mario Manjukich, Milan Badel (Alen Xalilovich, 51), Domogoy Vida.

Ruminiya — Litva 1:0
Gol: Nikolaye Stanchu, 65 (1:0).
Ruminiya: Koslet Pantilimon, Aleksandru Metsel, Steliano Filip (Alin Toshka, 86), Kozmin Motsi, Vlad Kirikesh, Mixay Pintiliy, Gabriel Torje (Andrey Ivan, 58), Luchan Sinmertyan (Ovidiu Xoban, 59), Bogdan Stanku (Ioan Xora, 76), Florin Tenase (Klaudiu Kesheryu, 46), Raul Rusesku (Nikolaye Stanchu, 46).

Polsha — Serbiya 1:0
Gol: Yakub Blashchikovski, 28 (1:0).
Polsha: Lukash Fabiyanski (Voysex Shesni, 46), Arkadiush Milik, Robert Levandovski (Lukash Teodorchik, 73), Gjegoj Krixovyak (Tomash Yodlovets, 75), Kamil Grositski (Bartosh Kapustka, 75), Matsey Ribus, Kamil Glik, Yakub Blashchikovski, Petr Zelinski (Ariyeel Borisyuk, 83), Lukash Pishek, Bartosh Salyamon (Mixal Pazdan, 87).

Sloveniya — Makedoniya 1:0
Gol: Bezyak, 58 (1:0).

Gibraltar — Lixteynshteyn 0:0

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн