Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bugungi g‘alaba O‘zbekistonni JCh—2018 so‘nggi saralash bosqichiga olib chiqishi mumkin. O‘zbekiston — Filippin uchrashuviga prevyu

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 784           Дата: 24-03-2016, 12:49          
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 24-mart kuni JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 qo‘shma saralashining “H” guruhidan o‘rin olgan o‘yinda Filippinga qarshi maydonga tushadi.

Bugungi g‘alaba O‘zbekistonni JCh—2018 so‘nggi saralash bosqichiga olib chiqishi mumkin. O‘zbekiston — Filippin uchrashuviga prevyu

Bosh murabbiy Samvel Babayan qo‘l ostidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi g‘alaba qozonsa, JCh—2018 saralashining so‘nggi bosqichiga chiqishi ham mumkin — agar BAA o‘z maydonida Falastinga, Iroq esa Tailandga ochko ulashsa. Yo‘qsa, O‘zbekiston barcha masalani so‘nggi tur — 29-mart kuni Bahraynga qarshi bo‘ladigan o‘yinda hal qilishi kerak bo‘ladi.

O‘zbekiston va Filippin hozirga qadar faqatgina bir marta to‘qnash kelgan. Mazkur saralashning birinchi davrasi doirasida Manilada kechgan bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasi 5:1 hisobida g‘alaba qozongan. Igor Sergeyev hamda Sardor Rashidov uchrashuvda dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bitta gol Odil Ahmedov hisobiga yozilgan.

Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘ladigan o‘yinda BAAning “Ash-Shabab” klubi yarim himoyachisi Aziz Haydarov, diskvalifikatsiya tufayli, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yordam bera olmaydi. Aziz Haydarov Filippinga qarshi dastlabki o‘yinning 71-daqiqasida, keyinroq Yamanga qarshi saralash bellashuvning 84-daqiqasida hakam tomonidan ogohlantirilgan edi.

FIFA reytingida 74-o‘rinda borayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatining hal qiluvchi saralash bosqichi uchun kurashni davom ettirayotgan bo‘lsa, FIFA reytingida 135-pog‘onada turgan Filippin bu yo‘llanmadan allaqachon quruq qolgan. Tomas Duli boshchilik qilayotgan filippinliklar hozircha 2019-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etish imkoniyatlarini saqlab turibdi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, JCh—2018 so‘nggi saralash bosqichiga sakkizta guruh peshqadamlari, shuningdek, eng yaxshi natija qayd etgan to‘rtta 2-o‘rin egalari yo‘l oladi. O‘z guruhida ikkinchi bo‘lib turgan termalar orasida O‘zbekiston Suriya va Iordaniyadan keyin uchinchi o‘rinda bormoqda. Agar Filippin ustidan g‘alaba qozonilsa, O‘zbekiston bu borada 1-o‘ringa olib chiqadi.

Shuningdek, bu turda KXDR terma jamoasi dam olishi ham hisobga olinsa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi “H” guruhida vaqtinchalik peshqadamga aylanib olishi mumkin.

JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 saralashi
“H” guruhi
24-mart, payshanba

O‘ZBEKISTON — FILIPPIN

Hakamlar: Ryuji Sato (Yaponiya), Toru Sagara (Yaponiya), Shinji Ochi (Yaponiya), Pu Udom Sivakorn (Tailand).

Toshkent, “Bunyodkor” stadioni. Boshlanish vaqti — 18:00.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031