Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Poroshenko futbol bo‘yicha Ukraina termasi a’zolarini Yevro—2016 ga yo‘l olganliklari uchun o‘qotar qurol bilan mukofotladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 512           Дата: 24-03-2016, 12:28          
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina futbol federatsiyasi prezidenti, terma jamoa bosh murabbiyi va 9 nafar futbolchiga o‘qotar qurol taqdim etgan. “Ukrainski Novini” xabariga ko‘ra, bu haqda Ukraina prezidenti tomonidan 2015-yil 21-noyabrida imzolangan, biroq shu vaqtga qadar e’lon qilinmagan farmonda so‘z boradi.

Poroshenko futbol bo‘yicha Ukraina termasi a’zolarini Yevro—2016 ga yo‘l olganliklari uchun o‘qotar qurol bilan mukofotladi

O‘qotar qurol murabbiy va futbolchilarga futbol bo‘yicha Ukraina terma jamoasining 2016-yil Fransiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga yo‘l olganliklari munosabati bilan taqdim etilgan.

Shaxsiy o‘qotar qurollar UFF prezidenti Andrey Pavelko, terma jamoa bosh murabbiyi Mixail Fomenko, Kiyevning “Dinamo” klubi futbolchilari Oleg Gusev, Yevgeniy Xacheridi, Andrey Yarmolenko, Donetskning “Shaxtyor” klubi a’zolaridan Andrey Pyatov hamda Vyacheslav Shevchuk, Dnepropetrovskning “Dnepr” jamoasi vakillari Ruslan Rotan va Artyom Fedetskiy, shuningdek, terma jamoa yetakchilari hisoblangan Yevgeniy Seleznyov hamda Anatoliy Timoshukka topshirilgan.

Xabar berishlaricha, Pyotr Poroshenko hamda Ukraina termasi futbolchilari o‘rtasida 2015-yil 22-noyabrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida yozar ekan, prezident matbuot xizmati futbolchi va murabbiylarga “esdalik sovg‘alari” topshirilganini qayd etgan edi.

Qayd etishlaricha, Ukraina prezidenti ma’muriyati o‘qotar qurol bilan taqdirlanganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni oshkor etishni ma’qullagan mamlakatdagi yagona davlat organidir. Mamlakat ichki ishlar vaziri Arsen Avakov va mudofaa vaziri Stepan Poltorak nafaqat bu boradagi, balki o‘qotar qurol bilan taqdirlanganlar ro‘yxatining ham oshkor etilishiga qarshi bo‘lgan.

“Ukrainski Novini” nashrining qayd etishicha, sovg‘a sifatida taqdim etiladigan o‘qotar qurollar davlat hisobidan sotib olinadi, shu sababli IIV rahbari va mudofaa vazirining qarshiligi “Ochiq axborotdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun talablarini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031