Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Roma” futbolchisi Radja Naynggolan homiylar tadbiri sabab Bryusseldagi teraktlardan omon qoldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 127           Дата: 23-03-2016, 18:27          
Futbol bo‘yicha Belgiya terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi futbolchisi Radja Naynggolan Bryusseldagi portashlar qurboniga aylanishi mumkin edi. Bu haqda “Championat.com” xabar berdi.

“Roma” futbolchisi Radja Naynggolan homiylar tadbiri sabab Bryusseldagi teraktlardan omon qoldi

“Hozir hammasi joyida. Baxtni qarangki, hozir men Antverpendaman va Bryusselga bormadim. Vaholanki, kecha tongda aynan Belgiya poytaxtida bo‘lishim kerak edi”, — dedi futbolchi.

“Hozir Antverpenda ham xavotirli holat hukmron, telefonlar ishlamayapti, erkin harakatlanish imkoni kam, yangi e’lonlar bo‘lguniga qadar bolalarni maktabdan qoldirmayapmiz. Ko‘chaga yuk bilan chiqqan har qanday odamni tekshiryapti”, — dedi Naynggolan.

“Agar homiylik tadbiri bo‘lmaganida, tongda terrorchilar hujum qilgan aeroportda bo‘lardim. Agar homiy oldidagi majburiyatlarim bo‘lmaganida edi, Rimdan to‘g‘ri Bryusselga uchardim, biroq buning o‘rniga Antverpenga keldim”, — deydi belgiyalik futbolchi.

“Menga terma jamoa mashg‘ulotlari qoldirilgani va keyingi ko‘rsatmalarni kutishimiz kerakligi haqida ma’lum qilishdi. Hozir nima bo‘lishini, Portugaliya bilan o‘yin bo‘ladimi-yo‘qmi, bilmaymiz”, — dedi “Roma” futbolchisi.

“Aeroportda portlash yuz bergani haqida xabar berishlari bilan, tez orada yana portlashlar sodir bo‘lishini taxmin qilgandim. Afsuski, haq bo‘lib chiqdim. Terrorchilar Antverpenga ham yetib kelishi mumkinligidan xavotirda edim”, — deya qo‘shimcha qildi futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, 22-mart, seshanba kuni Belgiya poytaxtidagi aeroport va metroda kamida uchta portlash yuz berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 34 kishi halok bo‘lgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031