Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sardor Rashidov OChLda “Nasaf” darvozasiga gol urgani uchun klub muxlislaridan uzr so‘radi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 163           Дата: 23-03-2016, 15:00          
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘iniga kelib qo‘shilgan Qatarning “Al-Jaish” klubi a’zosi Sardor Rashidov Filippinga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan futbolchi yigitlarning sport formasi yaxshi xolatda ekanligini qayd etib o‘tdi. Bu haqda “Championat.asia” xabar bermoqda.

Sardor Rashidov OChLda “Nasaf” darvozasiga gol urgani uchun klub muxlislaridan uzr so‘radi

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 24-mart, payshanba kuni JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 saralashi doirasida Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Filippin terma jamosini qabul qiladi.

“Filippin va Bahraynga qarshi safar uchrashuvlarini yirik g‘alaba bilan yakunlagan bo‘lsak-da, bu narsa xotirjamlikka berilishimiz uchun sabab bo‘lolmaydi, bunga haqqimiz yo‘q. Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Yig‘inga endigina kelib qo‘shilgan bo‘lsam-da, yigitlarning sport formasi yaxshi xolatda ekanligi ko‘rinib turibdi”, — deydi Sardor Rashidov.

Jurnalistning “Nasaf” darvozasiga urilgan gol borasidagi savoliga “Al-Jaish” futbolchisi quyidagicha javob berdi: “Biz muhim g‘alabaga erishdik. Urgan golim esa ba’zi muxlislarga yoqmadi va men buni to‘g‘ri tushunaman. Ularning ranjishga va mendan norozi bo‘lishga haqlari bor. Buning uchun qarshilik muxlislardan uzr so‘rayman”.

Shuningdek, Sardor Rashidov uning goli Qatar klubiga g‘alaba keltirganidan xursand ekanligini ham qo‘shimcha qildi: “Nima qilay, mening ishim shu. Kiritgan golim jamoamga yordam berganidan xursandman. Uni nishonlaganimga kelsak, anchadan buyon ‘Al-Jaish’ safida gol urolmayotgandim. Shu boisdan uzoq kutilgan gol o‘yinning so‘nggi daqiqalarida kiritilganida, xursandchiligimni yashira olmadim. Bu kimgadir yoqmagan bo‘lsa, uzr so‘rayman”.

Ma’lumot uchun, “Nasaf” va “Al-Jaish” klublari o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv 5-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн