Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Filippin bosh murabbiyi Tomas Duli: O‘zbekiston termasining kuchsiz jihatlari bor, ammo ulardan foydalanish qiyin

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 357           Дата: 23-03-2016, 12:20          
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Filippin terma jamoalari o‘rtasidagi 24-mart kuni bo‘lib o‘tadigan JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 saralash uchrashuvi oldidan ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. “Championat.asia” xabariga ko‘ra, dastlab Filippin bosh murabbiyi Tomas Duli jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Filippin bosh murabbiyi Tomas Duli: O‘zbekiston termasining kuchsiz jihatlari bor, ammo ulardan foydalanish qiyin

Filippin terma jamoasi ajoyib havo va ajoyib stadionda O‘zbekistonga qarshi kurash olib borishi haqida to‘xtalar ekan, Tomas Duli tarkibdadagi yo‘qotishlar o‘rnini bosa oladigan futbolchilari bor ekanligi haqida aytib o‘tdi: “Men hayotda realist insonman. O‘zbekiston guruhdagi eng kuchli raqib. Ertaga har bir futbolchimiz bor imkoniyatini ishga soladi. Yutamiz deb va’da berolmayman, ammo oxirigacha kurashamiz”.

O‘zbekistonlik jurnalistlar e’tiboridan Filippin terma jamoasi murabbiyining matbuot anjumaniga “We believe” (“Ishonamiz”) yozuvi tushirilgan futbolkada kelgani chetda qolmadi.

“Filippin kelajakda Osiyoning futboli rivojlangan mamlakati bo‘lishiga ishonaman. Filippin aholisi yosh, futbol endi rivojlanmoqda. Eng ommabop sport turi hozircha basketbol. Lekin uni hamma ham o‘ynay olmaydi. Futbolda esa bo‘ying baland yoki jussang katta bo‘lishi shart emas. 70 foizdan ortiq aholisi kambag‘allikda kun kechirayotgan Filippin kun kelib o‘zini ko‘rsatishiga ishonaman. Hozir Osiyo Kubogiga chiqishga urinyapmiz. JCh—2022 saralashida esa hozirgidan yaxshiroq qatnoshmoqchimiz”, — deb izoh berdi Tomas Duli.

Tomonlarning Filippin poytaxti Manilada bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Samvel Babayan boshchilik qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5:1 hisobida ustun kelgandi. Tomas Duli o‘sha mag‘lubiyat borasida ham fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“1:5 hisobi men uchun katta syurpriz bo‘lgandi. Tezkor gol barcha rejalarimizni buzib yuborgan. Kuchli raqibga qarshi ikkinchi gol ham o‘tkazib yuborilgach, o‘zingizga kelishingiz yanada qiyinlashib ketadi. O‘zbekiston safida Rossiya, Ukraina va boshqa kuchli ligalarda to‘p suradigan futbolchilar bor. Bizda esa bundaylar yo‘q”, — deydi filippinliklar ustozi.

“O‘zbekiston Manilada juda noqulay ob-havo sharoitida to‘p surgan. Ertaga esa ajoyib iqlim sharoitida futbol o‘ynaymiz. Unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Germaniya terma jamoasi Braziliyani 7:1 hisobida yenga olgani ham bunga misoldir. O‘zbekiston termasining kuchsiz jihatlari bor, ammo ulardan foydalanish qiyin. Biz Germaniya terma jamoasi bo‘lganimizda, balki foydalanardik”, — deb fikriga yakun yasadi Duli.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Filippin uchrashuvi 24-mart, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031