Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Samvel Babayan: Futbolchi Farg‘onadanmi yoki Qashqadaryodan — farqi yo‘q, O‘zbekiston pasporti bo‘lsa, termada o‘ynash imkoniyati bor

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 868           Дата: 23-03-2016, 12:20          
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Filippin terma jamoalari o‘rtasidagi 24-mart kuni bo‘lib o‘tadigan JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 saralash uchrashuvi oldidan ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. “Championat.asia” xabariga ko‘ra, anjumanning ikkinchi qismida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Samvel Babayan: Futbolchi Farg‘onadanmi yoki Qashqadaryodan — farqi yo‘q, O‘zbekiston pasporti bo‘lsa, termada o‘ynash imkoniyati bor

“Filippin termasiga hurmat bilan munosabatda bo‘lamiz. Ularda bosh murabbiy kuchli. Ertaga kuchli o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Bizga uch ochko juda kerak. Shu bois asosiy maqsad g‘alaba qozonish”, — dedi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi.

JCh—2018 saralashining Toshkentda o‘tgan avvalgi ikki turiga “Paxtakor” stadioni mezbonlik qilgandi, navbatdagi o‘yinlar esa “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. “Avval ham ‘Bunyodkor’da o‘ynashni istagandik, biroq o‘shanda maydon holati qoniqarli emasdi. Hozir esa barchasi ideal”, — dedi milliy terma jamoa ustozi.

Samvel Babayan “Lokomotiv” a’zosi Sardor Mirzayevga nima uchun javob berib yuborilgani haqidagi savolga javob berdi: “Mirzayev mavsumni juda yaxshi boshladi. Osiyo Chempionlar Ligasida ham, Oliy Ligada ham yaxshi o‘yinlar ko‘rsatdi. Shu boisdan ham terma jamoa yig‘iniga chaqirildi. U hali ham terma jamoaga nomzod futbolchi. Unga imkoniyat beramiz”.

Yarim himoyachi Stanislav Andreyevning terma bilan birga bo‘lib turganini izohlashda Babayan “Lokomotiv” futbolchisi Jasur Hasanovni misol qilib keltirdi: “Jasur Hasanov ham OChLda o‘ynamadi, lekin uni ham chaqirdim. Aytmoqchimanki, terma jamoaga barcha kuchli futbolchilarni chaqiramiz. Bu menga yoki boshqaga qarashli jamoa emas, bu xalqimizning jamoasi”.

Jurnalistlarning g‘alaba uchun mukofot puli berilishi borasidagi savoliga Samvel Babayan shunday javob berdi: “Bu jamoa siri. Mirabror Usmonov boshchiligidagi terma jamoaga e’tibor juda katta. Ishoning, har bir futbolchi pul uchun emas, Vatan uchun maydonga tushadi”.

“Biz terma jamoaga futbolchi jalb qilishda geografiyaga qaramaymiz, u Farg‘onada o‘ynaydimi yoki Qashqadaryoda — farqi yo‘q. Kimda O‘zbekiston pasporti bo‘lsa, unda terma jamoaga chaqirilish imkoniyati bor”, — deb, Babayan Farg‘ona vodiysi klublaridan terma jamoaga futbolchilar jalb etilmayotgani borasidagi savolga javob berdi.

Avvalroq Filippin milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Duli O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan edi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Filippin uchrashuvi 24-mart, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн