Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Chagayevga qarshi jangdan keyin qoni tarkibida doping borligi shubha qilingan Lukas Braun yo‘talga qarshi preparatni vaj sifatida ko‘rsatdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 288           Дата: 23-03-2016, 09:11          
Professional boksning WBA yo‘nalishi bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Lukas Braun uning qoni tarkibida aniqlangan preparat yo‘talga qarshi dorida bo‘lganini ma’lum qildi, deb yozadi “Olamsport”.

Chagayevga qarshi jangdan keyin qoni tarkibida doping borligi shubha qilingan Lukas Braun yo‘talga qarshi preparatni vaj sifatida ko‘rsatdi

Bunga qadar superog‘ir vazn toifasida chempionlik kamarini o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayevdan tortib olgan avstraliyalik charm qo‘lqop ustasi doping iste’mol qilganlikda shubha qilinayotgandi.

Lukas Braun bergan ma’lumotdan keyin Rossiya tibbiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Eduard Bezgulov unga izoh berishga ham ulgurdi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, doping bokschining organizmiga u aytib o‘tgan dori orqali tushishi mumkin emas.

“Bahonalar izlanayotganda odatda ikki xil vaj ko‘rsatiladi: yo yo‘tal dori, yoki go‘sht mahsuloti. Hozir suyuqlik haqidagi hikoya juda kulgili ko‘rinyapti. Birinchidan, Astraliyada klenbuterolli dorilar sotilmaydi. Ikkinchidan, jang oldi yoki keyingi qaydnomalarida yo‘taldan davolanish borasida gap-so‘z bo‘lmagan. Sportchi unda doping testgacha uch hafta davomida nimalar qabul qilganini ko‘rsatishi kerak. Boz ustiga, doridagi dozalar bolalarbop, ular jangdan so‘ng aniqlanmagan bo‘lardi”, — deydi Eduard Bezgulov.

Bezgulovning so‘zlariga ko‘ra, bunga qadar velopoygachi Alberto Kontador go‘sht mahsuloti orqali doping qabul qilgan bo‘lib, sportchi bu borada oqlanishga yaqin bo‘lgan. “Poygachining organizmiga doping go‘sht orqali tushishi mumkin edi. Lekin Kontadorni baribir diskvalifikatsiya qilishgan”, — deb aytib o‘tdi Rossiya tibbiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн