Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zPFL klublardan O‘zbekiston Kubogi nimchorak finali oldidan reglamentda ko‘rsatilmagan talabni bajarishni so‘radi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 349           Дата: 22-03-2016, 15:56          
O‘zbekiston Professional futbol ligasi talabiga ko‘ra, 25—26-mart kunlariga belgilangan O‘zbekiston Kubogining nimchorak final bosqichi dastlabki bellashuvlarining barchasi tabiiy qoplamali maydonlarda o‘tkazilishi kerak. Bu haqda “Championat.asia” xabar bermoqda.

O‘zPFL klublardan O‘zbekiston Kubogi nimchorak finali oldidan reglamentda ko‘rsatilmagan talabni bajarishni so‘radi

Nimchorak finalda qatnashayotgan klublardan faqat “O‘zDongJu”ning uy stadioni bu talabga javob bermaydi. Uydagi o‘yinlarni Andijonning Sho‘rbuloq dahasida joylashgan maktab-internatga qarashli sun’iy qoplamali maydonda o‘tkazadigan jamoa 25-martga qadar o‘zi uchun tabiiy qoplamali maydon topishi kerak.

“O‘zDongJu” 1/16 final doirasida G‘uzorning “Sho‘rtan” klubini mag‘lub etib, Oliy Liga ishtirokchisini Kubokdan chiqarib yuborgan Birinchi Liganing yagona vakili bo‘lgandi. Klub nimchorak finalda Toshkentning “Lokomotiv” klubiga qarshi maydonga tushadi.

“Championat.asia”ning yozishicha, O‘zPFLning bu talabi tashkilotning musobaqalar o‘tkazish reglamentiga asoslanmagan. Reglamentda O‘zbekiston Kubogi uchun alohida bo‘lim ajratilgan bo‘lib, unda musobaqa doirasidagi o‘yinlar tabiiy qoplamali maydonlarda o‘tkazilishi shartligi haqida band yo‘q.

Xabar berishlaricha, O‘zPFL o‘tgan yili nimchorak final bosqichi oldidan ham shunday talab bilan chiqqan, natijada Birinchi Liganing uch klubi — “Obod”, “Oqtepa” va “Paxtakor-2” boshqa maydon izlashga majbur bo‘lgan edi.

O‘zPFL bu talabni 1/16 finaldan oldin emas, aynan nimchorak final oldidan qo‘yayotgani sababi ma’lum qilinmagan.

O‘zbekiston Kubogi—2016
Nimchorak final bosqichi

25-mart, juma
“Paxtakor” (Toshkent) — “Buxoro” (Buxoro)
“Navbahor” (Namangan) — “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon)
“Qizilqum” (Navoiy) — “Andijon” (Andijon)
“Bunyodkor” (Toshkent) — “Obod” (Toshkent)
“Metallurg” (Bekobod) — “Olmaliq” (Olmaliq)
“Mash’al” (Muborak) — “So‘g‘diyona” (Jizzax)
“O‘zDongJu” (Andijon) — “Lokomotiv” (Toshkent)

26-mart, shanba
“Neftchi” (Farg‘ona) — “Nasaf” (Qarshi)

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн