Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Osiyo Chempionlar Ligasi—2016 da eng ko‘p gol urgan o‘zbekistonlik ikki futbolchi milliy terma lagerini tark etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 112           Дата: 22-03-2016, 12:12          
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 24-mart kuni Filippin, 29-mart kuni esa Bahrayn terma jamoasiga qarshi JCh—2018 saralash uchrashuvi doirasida maydonga tushadi. Samvel Babayan murabbiyligidagi bosh jamoa Toshkentda 17-mart kuni mashg‘ulotlarga kirishgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Osiyo Chempionlar Ligasi—2016 da eng ko‘p gol urgan o‘zbekistonlik ikki futbolchi milliy terma lagerini tark etdi

“Championat.asia” ma’lumotiga ko‘ra, bosh murabbiy Samvel Babayan Toshkentning “Lokomotiv” klubida to‘p suradigan ikki futbolchi — Oleg Zoteyev va Sardor Mirzayevga 21-mart kuni javob berdi va ular terma jamoa qarorgohini tark etdi.

Oleg Zoteyev va Sardor Mirzayev nima uchun terma jamoa lagerini tark etganiga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, yarim himoyachi Sardor Mirzayev Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi dastlabki uch turida ikkita gol urgan ikki o‘zbekistonlik futbolchidan biri hisoblanadi. Shuningdek, u O‘zbekiston Oliy Ligasining dastlabki ikki turida ham uchta gol urdi.

Qo‘shimcha qilishlaricha, terma jamoa yig‘iniga “Nasaf” klubi darvozaboni Eldor Suyunov hamda Qozog‘istonning “Ordabasi” jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix qo‘shilgan. Tez orada Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Sardor Rashidov kabi legionerlar Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda.

Avvalroq, O‘FF matbuot xizmati “Paxtakor” futbolchisi Jaloliddin Masharipov hamda “Bunyodkor” a’zosi Doston Hamdamov salomatligi borasidagi muammolar sabab terma jamoa lagerini tark etgani haqida xabar bergandi.

Doston Hamdamov ham Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining birinchi davrasi yakuniga ko‘ra ikkita gol urgan. OChLda uchta gol urgan  o‘zbekistonlik — hujumchi Igor Sergeyev terma yig‘inidagi ishtirokini davom ettirmoqda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031