Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Dilshod Turdiyev Ostonadagi yunon-rum kurashi turnirida kumush medal va Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 967           Дата: 20-03-2016, 15:40          
Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Dilshod Turdiyev Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkazilgan va Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmalari uchun o‘ynalgan turnirda kumush medalga sazovor bo‘ldi, deb xabar beradi “Olamsport”.

Dilshod Turdiyev Ostonadagi yunon-rum kurashi turnirida kumush medal va Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Mazkur turnirning -75 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Dilshod Turdiyev final uchrashuvida koreyalik Xyonvu Kimga 2:12 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Finalga qadar o‘zbekistonlik sportchi chorak finalda yaponiyalik Shoxey Yakibuni 9:0, yarim finalda esa qirg‘izistonlik Atabek Azisbekovni 5:4 hisobida taslim etgandi. Musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘lgan Turdiyev Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Yana bir o‘zbekistonlik sportchi Mo‘minjon Abdullayevga biroz omad yetishmadi. -130 kilogramm vazn toifasida kurashgan Abdullayev, chorak finalda yaponiyalik Arata Sonodani 6:0 hisobida dog‘da qoldirgan bo‘lsa, yarim finalda qirg‘izistonlik Murat Rahmonovga 0:4 hisobida yutqazdi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa Mo‘minjon Abdullayev tojikistonlik Murodjon To‘ychiyevdan ustun keldi.

Qayd etish kerakki, mazkur musobaqada faqat finalga qadar yetib borgan kurashchilarga, ya’ni, birinchi va ikkinchi o‘rin sohiblariga Rio–2016 yo‘llanmalari taqdim etildi. Dilshod Turdiyev Olimpiada o‘yinlariga sport kurashlarida O‘zbekiston vakillaridan yo‘llanmani qo‘lga kiritgan uchinchi sportchi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili AQShda o‘tkazilgan Jahon chempionatida o‘zbekistonlik erkin kurashchi Ixtiyor Navro‘zov -65 kilogramm vazn toifasida kumush medali, yunon-rum kurashchisi Rustam Assakalov esa -85 kilogramm vazn toifasida kumush medali va shu bilan birga Olimpiada yo‘llanmalarini ham qo‘lga kiritgan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн