Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

APL, 31-tur. “Aston Villa” quyi liga sari yana bitta qadam tashladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 93           Дата: 20-03-2016, 12:03          
Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida borayotgan Birmingemning “Aston Villa” klubi 31-turda ham mag‘lubiyatga uchradi. Uelsda “Suonsi” mehmoni bo‘lgan Remi Gard jamoasi 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

APL, 31-tur. “Aston Villa” quyi liga sari yana bitta qadam tashladi

Bu “Aston Villa”ning ketma-ket beshinchi mag‘lubiyatidir. Birmingemliklar so‘nggi bor 6-fevral kuni “Norvich”ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

“Suonsi” ushbu g‘alabasidan keyin 15-o‘ringa ko‘tarildi. Statistikaga ko‘ra, har 10 ta o‘yindan 1 tasida 3 ochkoga ega chiqayotgan “Aston Villa” 16 ochko bilan 20-o‘rinni band etgan. Ma’lumot uchun, 19-o‘rinda borayotgan “Nyukasl” hisobida 24 ochko mavjud.

Angliya Premyer-ligasi
31-tur uchrashuvi
20-mart, shanba

“Suonsi” — “Aston Villa” 1:0
Gol: Federiko Fernandes, 53 (1:0).

31-turning qolgan o‘yinlari natijasi:

“Everton” — “Arsenal” 0:2
Gollar: Denni Uelbek, 7 (0:1). Aleks Ayuobi, 42 (0:2).
“Everton”: Xoel Baskes, Sheymus Koulman, Leyton Beyns, Fil Jagelka, Ramiro Mori, Muhammad Beshich (Jon Stouns, 46), Aaron Lennon, Jeyms Makkarti, Ross Barkli (Herard Deulofeu, 73), Tom Kleverli, Romelu Lukaku.
“Arsenal”: David Ospina, Ektor Belerin, Nacho Monreal, Gabriel Paulista, Loran Kosyelni, Muhammad El-Nenni, Fransis Koklen, Mesut O‘zil (Kiran Gibbz, 74), Aleks Ayuobi (Kalum Chembers, 86), Denni Uelbek (Olivye Jiru, 75), Aleksis Sanches.

“Kristal Pelas” — “Lester” 0:1
Gol: Riyoz Mahrez, 34 (0:1).
“Lester”: Kasper Shmeyxel, Robert Xut, Ues Morgan, Kristian Fuks, Denni Simpson, N’Golo Kante, Mark Olbrayton, Deniyel Drinkuoter, Riyoz Mahrez (Jeffri Shlupp, 86), Sindzi Okazaki (Leanardo Uloa, 76), Jeymi Vardi (Daniel Amarti, 90+1 ).

“Chelsi” — “Vest Xem” 2:2
Gollar: Manuel Lansini, 17 (0:1). Sesk Fabregas, 45+3 (1:1). Endi Kerroll, 61 (1:2). Sesk Fabregas, 89-pen (2:2).
“Chelsi: Tibo Kurtua, Branislav Ivanovich, Sesar Aspilikuyeta, Jon Terri, Gari Keyxill, Jon Obi-Mikel, Villian, Sesk Fabregas, Oskar (Ruben Loftus Chik, 84), Robert Kenedi (Pedro Rodriges, 46), Loik Remi, (Bertran Traore, 62).
“Vest Xem”: Adrian, Aaron Kressvel, Uinston Rid, Anjelo Ogbonna, Maykl Antonio, Mark Noubl, Sheyku Kuyate, Manuel Lansini (Pedro Obyang, 82), Dmitri Payet, Enner Valensiya (Emmanuel Emenke, 75), Diafra Saxo (Endi Keroll, 60).

“Vest Bromvich” — “Norvich” 0:1
Gol: Robert Breydi, 50 (0:1).

“Uotford” — “Stok Siti” 1:2
Gollar: Jonatan Uolters, 18 (0:1). Xoselu, 51 (0:2). Troy Dini, 86 (1:2).

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031