Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 termasi Yaponiyadagi xalqaro musobaqa yarim finalida mag‘lub bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 843           Дата: 20-03-2016, 00:08          
Ahmadjon Musayev murabbiyligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Yaponiyada davom etayotgan SANIX xalqaro turnirining guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan edi. Bugun, 19-mart kuni jamoa avvaliga chorak, so‘ng yarim final o‘yinida maydonga tushdi, deb xabar beradi O‘FF rasmiy sayti.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 termasi Yaponiyadagi xalqaro musobaqa yarim finalida mag‘lub bo‘ldi

Yaponiyaning mahalliy “Omiya Ardija U-17” jamoasi bilan chorak finalda to‘qnash kelgan Ahmadjon Musayev jamoasi 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozondi. O‘zbekistonliklardan Islom Kenjaboyev va Muhammad-Yusuf Abdumajidov gollarga mualliflik qildi.

Kunning ikkinchi yarmida yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Yaponiyaning yana bir klubi — “Funbashi U-17”ga qarshi o‘yinda yangi tashkil etilgan O‘zbekiston terma jamoasi imkoniyatni boy berdi. Islom Kenjaboyev va Boburjon Asqarov tomonidan urilgan gollarga kunchiqar yurt jamoasi uch bor javob qaytardi.

O‘FF rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Islom Kenjaboyev gol urgan 32-daqiqada o‘zbekistonlik boshqa bir futbolchi Muhammad-Yusuf Abdumajidov hakam tomonidan maydondan chetlatilgan.

Ertaga, 20-mart kuni O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning 3-o‘rin uchun uchrashuvida maydonga tushadi. Bo‘lajak raqib jamoa nomi haqida ma’lumot berilmagan.

SANIX xalqaro kubogi
Chorak final
19-mart, shanba

O‘zbekiston U-17 – “Omiya Ardija U-17” 2:1
Gollar: Islom Kenjaboyev (35). Muhammad-Yusuf Abdumajidov (42).

O‘zbekiston U-17: 12. Umidjon Ergashev, 2. Burxon Usmonov, 3. Ilhomjon Alijonov 5. Xudoyshukur Sattorov, 6. Dostonbek Berdiqulov, 7. Boburjon Asqarov, 8. Jahongir Ahmedov, 15. Islom Kenjaboyev, 16. Suhrob Izzatov, 17. Afzaljon Xolmuhamedov, 19. Muhammad-Yusuf Abdumajidov.
Zaxira: 1. Akrom Xo‘jayev, 4. Otabek Bekboyev, 9. Kamron Saidazimov, 10. Zokirjon Ahmadjonov, 11. Jahongir Abdua’lomov, 13. Abdullo Rahimjonov, 14. Jasur Rahimov, 18. Doniyor Azizov, 21. Javohir Qilichev.

Yarim final uchrashuvi
19 mart, shanba

O‘zbekiston U-17 – “Funbashi” U-17 (Yaponiya) 2:3
Gollar: Islom Kenjaboyev (32). Boburjon Asqarov (38).
Chetlatish: Muhammad-Yusuf Abdumajidov (32).

O‘zbekiston U-17: 12. Umidjon Ergashev, 2. Burxon Usmonov, 3. Ilhomjon Alijonov 5. Xudoyshukur Sattorov, 6. Dostonbek Berdiqulov, 7. Boburjon Asqarov, 8. Jahongir Ahmedov, 15. Islom Kenjaboyev, 16. Suhrob Izzatov, 17. Afzaljon Xolmuhamedov, 19. Muhammad-Yusuf Abdumajidov.
Zaxira: 1. Akrom Xo‘jayev, 4. Otabek Bekboyev, 9. Kamron Saidazimov, 10. Zokirjon Ahmadjonov, 11. Jahongir Abdua’lomov, 13. Abdullo Rahimjonov, 14. Jasur Rahimov, 18. Doniyor Azizov, 21. Javohir Qilichev.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн