Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bundesliga. Robert Levandovskining yagona goli “Bavariya”ga “Kyoln” ustidan g‘alaba keltirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 286           Дата: 20-03-2016, 00:08          
Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasi 27-turida “Bavariya” Kyoln” ustidan g‘alaba qozondi. Tur uchrashuvlari “Shalke” va “Borussiya Myunxengladbax” uchrashuvi bilan boshlangani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Bundesliga. Robert Levandovskining yagona goli “Bavariya”ga “Kyoln” ustidan g‘alaba keltirdi

“Kyoln” mehmoni bo‘lgan “Bavariya” hujumchi Robert Levandovskining 10-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga zafar quchdi. Bu polshalik hujumchining Bundesliga doirasidagi 26-o‘yindagi yigirma beshinchi goli bo‘ldi.

Levandovski Bundesliga to‘purarlari poygasidagi eng yaqin ta’qibchisi — “Borussiya Dortmund” hujumchisi Per-Emerik Obameyangni 3 ta golga ortda qoldirmoqda.

Bundesliganing kuchli uchligida borayotgan Berlinning “Gerta” klubi mavsumdagi o‘n to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi — liga debyutanti “Ingolshtadt” 2:1 hisobida mag‘lub etildi.

Yevropa Chempionlar Ligasidagi ishtirokini davom ettirayotgan “Volfsburg” 27-tur natijasiga ko‘ra 7-o‘ringa ko‘tarilib olishi mumkin edi. Biroq Diter Xekking jamoasi o‘z maydonida “Darmshtadt”ni mag‘lub eta olmadi.

Andre Shyurrlening mavsumdagi beshinchi goli “Volfsburg”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Shuningdek “Maynts” klubi ham 2 ochko boy berib, Chempionlar Ligasiga yo‘llanma beruvchi 4-o‘ringa ko‘tarilish imkoniyatini hozircha yo‘qqa chiqardi.

Germaniya Bundesligasi
27-tur uchrashuvi
18-mart, juma

“Shalke” — “Borussiya Myunxengladbax” 2:1
Gollar: Xinteregger, 59, avtogol (1:0). Kristensen, 79 (1:1). Goretska, 83 (2:1).

19-mart, shanba
“Kyoln” — “Bavariya” 0:1
Gol: Robert Levandovski, 10 (0:1).

“Bavariya”: Manuel Noyer, Rafinya, David Alaba, Xuan Bernat, Xabi Alonso (Arturo Vidal, 54), Joshua Kimmix, Sebastyan Rode (Filipp Lam, 78), Tyago Alkantara, Duglas Kosta (Frank Riberi, 72), Kingsli Koman, Robert Levandovski.

“Gamburg” — “Xoffenxaym” 1:3
Gollar: Andrey Kramarich, 20-pen (0:1). Kevin Folland, 23 (0:2). Aaron Xant, 30-pen (1:2). Eduardo Vargas, 67 (1:3).

“Gerta” — “Ingolshtadt” 2:1
Gollar: Genki Xaragusi, 54 (1:0). Salomon Kalu, 69 (2:0). Lukas Xinterzer, 75 (2:1).

“Volfsburg” — “Darmshtadt 1:1
Gollar: Sandro Vagner, 82 (0:1). Andre Shyurrle, 90+3 (1:1).

“Verder” — “Maynts” 1:1
Gollar: Yulian Baumgartlinger, 38 (0:1). Klaudio Pisarro 45+3-pen (1:1).

Turgan qolgan uchrashuvlari

19-mart, shanba
“Ayntraxt” — “Gannover”

20-mart, yakshanba
“Shtutgart” — “Bayer”
“Augsburg” — “Borussiya Dortmund”

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн