Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

La Liga. “Atletiko” so‘nggi o‘rinda borayotgan “Sporting Xixon”ga mag‘lub bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 231           Дата: 20-03-2016, 00:08          
Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasi 30-turini “Xetafe” — “Eybar” o‘yini boshlab bergandi. Turning 19-mart, shanba kungi uchrashuvlarida sensatsion natija qayd etildi.

La Liga. “Atletiko” so‘nggi o‘rinda borayotgan “Sporting Xixon”ga mag‘lub bo‘ldi

Yevropa Chempionlar Ligasining chorak final bosqichi ishtirokchisi hisoblangan Madridning “Atletiko” klubi milliy chempionatda so‘nggi o‘rinda borayotgan Xixonning “Sporting” klubiga mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvda hisob 29-daqiqada “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizman tomonidan ochilgan bo‘lsa-da, 79-daqiqaga kelib Sanabriya hisobni tenglashtirdi, asosiy vaqt yakuniga 1 daqiqa qolganida “Sporting”ning boshqa bir futbolchisi Karlos Kastro g‘alaba to‘piga mualliflik qildi.

Shu tariqa, “Atletiko”ning olti turdan buyon davom etib kelayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasaldi. Jamoa so‘nggi bor 30-yanvar kuni “Barselona”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

30 ta o‘yinda 67 ochko jamg‘argan “Atletiko” 75 ochko bilan peshqadam bo‘lib turgan “Barselona”dan keyingi o‘rinda bormoqda. 3-o‘rindagi “Real” hisobida 63 ochko mavjud. “Sporting” esa mamlakat chempionligi uchun kurashayotgan jamoani mag‘lub etib, 19-o‘ringa ko‘tarildi.

Ispaniya La Ligasi
30-tur uchrashuvlari
19 mart, shanba

“Sporting Xixon” — “Atletiko” 2:1
Gollar: Antuan Grizmann, 29 (0:1). Arnaldo Antonio Sanabriya, 79 (1:1). Karlos Kastro, 89 (2:1).

“Atletiko”: Yan Oblak, Hesus Games, Filipe Luis, Xose Mariya Himenes, Lukas-Fransua Ernandes, Matias Kranevitter, Koke, Saul, Antuan Grizmann (Fernando Torres, 63), Anhel Korrea (Gabi, 58), Lusiano Vetto (Xuanfran, 76).

Turning qolgan uchrashuvlari:

19-mart, shanba
“Granada” — “Rayo Valyekano”
“Real Sosyedad” — “Las-Palmas”
“Deportivo” — “Levante”

20-mart, yakshanba
“Betis” — “Malaga”
“Espanyol” — “Atletik”
“Vilyareal” — “Barselona”
“Valensiya” — “Selta”
“Real” — “Sevilya”

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031