Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

APL, 31-tur. “Lester” 19-g‘alabasini qo‘lga kiritdi, “Chelsi” esa o‘z maydonida ikki ochko yo‘qotdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 253           Дата: 20-03-2016, 00:08          
Angliya Premyer-ligasi (APL)da yetakchilik qilayotgan “Lester” 31-turni “Kristal Pelas”ga qarshi o‘tkazib, Riyoz Mahrezning yagona goli evaziga zafar quchdi. 19 ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida yetakchilik qilayotgan Jeymi Vardi esa jazoirlik futbolchini golli pas bilan ta’minladi.

APL, 31-tur. “Lester” 19-g‘alabasini qo‘lga kiritdi, “Chelsi” esa o‘z maydonida ikki ochko yo‘qotdi

Shu tariqa “Lester” ochkolari sonini 66 taga yetkazib oldi. Ranyeri jamoasidan bitta kam o‘yinda maydonga tushgan “Tottenxem” 58, “Arsenal” esa 55 ochkoga ega.

“Chelsi” o‘z maydonida ketma-ket ikkinchi durang natijaga imzo chekdi. Jamoa bu safar “Vest Xem” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

“Chelsi” 30 ta o‘yinda 41 ochko jamg‘arib, 10-o‘rindan joy olgan. Shuncha uchrashuvda 50 ochko ishlab olgan “Vest Xem” Premyer-liganing 5-jamoasi bo‘lib turibdi.

Turni “Everton” va “Arsenal” o‘rtasidagi bahs ochib bergandi.

Angliya Premyer-ligasi
31-tur uchrashuvi
19-mart, shanba

“Everton” — “Arsenal” 0:2
Gollar: Denni Uelbek, 7 (0:1). Aleks Ayuobi, 42 (0:2).

“Everton”: Xoel Baskes, Sheymus Koulman, Leyton Beyns, Fil Jagelka, Ramiro Mori, Muhammad Beshich (Jon Stouns, 46), Aaron Lennon, Jeyms Makkarti, Ross Barkli (Herard Deulofeu, 73), Tom Kleverli, Romelu Lukaku.

“Arsenal”: David Ospina, Ektor Belerin, Nacho Monreal, Gabriel Paulista, Loran Kosyelni, Muhammad El-Nenni, Fransis Koklen, Mesut O‘zil (Kiran Gibbz, 74), Aleks Ayuobi (Kalum Chembers, 86), Denni Uelbek (Olivye Jiru, 75), Aleksis Sanches.

“Kristal Pelas” — “Lester” 0:1
Gol: Riyoz Mahrez, 34 (0:1).

“Lester”: Kasper Shmeyxel, Robert Xut, Ues Morgan, Kristian Fuks, Denni Simpson, N’Golo Kante, Mark Olbrayton, Deniyel Drinkuoter, Riyoz Mahrez (Jeffri Shlupp, 86), Sindzi Okazaki (Leanardo Uloa, 76), Jeymi Vardi (Daniel Amarti, 90+1 ).

“Chelsi” — “Vest Xem” 2:2
Gollar: Manuel Lansini, 17 (0:1). Sesk Fabregas, 45+3 (1:1). Endi Kerroll, 61 (1:2). Sesk Fabregas, 89-pen (2:2).

“Chelsi: Tibo Kurtua, Branislav Ivanovich, Sesar Aspilikuyeta, Jon Terri, Gari Keyxill, Jon Obi-Mikel, Villian, Sesk Fabregas, Oskar (Ruben Loftus Chik, 84), Robert Kenedi (Pedro Rodriges, 46), Loik Remi, (Bertran Traore, 62).

“Vest Xem”: Adrian, Aaron Kressvel, Uinston Rid, Anjelo Ogbonna, Maykl Antonio, Mark Noubl, Sheyku Kuyate, Manuel Lansini (Pedro Obyang, 82), Dmitri Payet, Enner Valensiya (Emmanuel Emenke, 75), Diafra Saxo (Endi Keroll, 60).

“Vest Bromvich” — “Norvich” 0:1
Gol: Robert Breydi, 50 (0:1).

“Uotford” — “Stok Siti” 1:2
Gollar: Jonatan Uolters, 18 (0:1). Xoselu, 51 (0:2). Troy Dini, 86 (1:2).

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн