Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Qarabtep” (“lanka”) xalq o‘yini bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati o‘tkaziladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 287           Дата: 20-03-2016, 00:08          
Chustiy’s Cuisine va Tez Food ma’muriyati tashabbusi bilan 20-mart kuni soat 18:00 da Samarqand Darvoza gipermarketida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Qarabtep” (yana bir nomi — “lanka”) xalq o‘yini bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati o‘tkaziladi.

“Qarabtep” (“lanka”) xalq o‘yini bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati o‘tkaziladi

Mazkur tadbir unutilib borayotgan milliy xalq o‘yinlarini qayta tiklash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil qilinmoqda.

“Qarabtep” xalq o‘yini bir necha asrlar mobaynida xalq sayillarida, Navro‘z tantanalarida muntazam ravishda o‘ynab kelingan. “Qarabtep” haqida ilk marta Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobida ma’lumotlar uchrashi qayd etilgan.

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, ushbu xalq o‘yini inson salomatligiga koni foyda. Xususan, umurtqa pog‘onasi, ko‘z, yurak, qorin a’zolari, oyoq mushaklari, nafas yo‘llari faoliyatini, qon aylanishini yaxshilaydi.

Siz ham yaxshilab eslang, bolaligingizda qo‘yning bir parcha junli terisiga metall parchasi (asosan qo‘rg‘oshin) mahkam bog‘langan tepkini do‘stlaringiz bilan miriqib tepar edingiz-ku, to‘g‘rimi?

O‘sha beg‘ubor va zavqli davrlarni yodga olmoqchi bo‘lsangiz va yana bir bor miriqib “Qarabtep” o‘ynamoqchi bo‘lsangiz, unda Sizni 20-mart kuni soat 18:00 da O‘zbekiston ochiq chempionatida kutib qolamiz.

Chempionatda eng yaxshi deya e’tirof etilgan uch nafar ishtirokchiga Chustiy’s Cuisine va Tez Food ma’muriyatidan maxsus pullik sertifikat topshiriladi. Shuningdek, “Sog‘lom ona va bola yili” munosabati bilan “Eng yaxshi yosh ishtirokchi” maxsus nominatsiyasi ham joriy etilgan.

Chempionat erkin usulda o‘tkaziladi va kim tepkini yerga tushirmasdan eng ko‘p tepsa, o‘sha ishtirokchi g‘olib bo‘ladi. Har bir ishtirokchiga ikkitadan imkoniyat beriladi.

Chempionatda qatnashish uchun Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali ishtirokchi sifatida oldindan ro‘yxatdan o‘tish lozim.

“Qarabtep” xalq o‘yini bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionatining axborot hamkorlari — “Daryo” internet-nashri, “Xushnudbek.uz” sayti hamda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Maslahat.uz” guruhi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн