Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

APL, 31-tur. “Arsenal” safarda “Everton”ni mag‘lub etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 169           Дата: 19-03-2016, 21:36          
Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-ligasi (APL)ning 31-turida Londonning “Arsenal” jamoasi Liverpulning “Everton” klubi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda APL rasmiy sayti xabar bermoqda.

APL, 31-tur. “Arsenal” safarda “Everton”ni mag‘lub etdi

“Arsenal” APLning so‘nggi uch turida g‘alaba qozona olmagan edi. Barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda, London klubi so‘nggi sakkiz bellashuvning faqatgina bittasida zafar quchgan edi.

“Gudison Park” stadionida kechgan o‘yinda “Arsenal” muvaffaqiyatsiz yurishiga chek qo‘ydi. Denni Uelbek va Aleks Ayuobi tomonidan kiritilgan ikki gol “Arsenal”ga g‘alaba keltirdi.

30 o‘yinda 55 ochko jamg‘argan “Arsenal” Premyer-liga turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. Peshqadam “Lester” 63, “Tottenxem” 58 ochkoga ega. “Everton” esa 38 ochko bilan 12-o‘rindan joy olgan.

Angliya Premyer-ligasi
31-tur uchrashuvi
19-mart, shanba

“Everton” — “Arsenal” 0:2

Gollar: Denni Uelbek, 7 (0:1). Aleks Ayuobi, 42 (0:2).

“Everton”: Xoel Baskes, Sheymus Koulman, Leyton Beyns, Fil Jagelka, Ramiro Mori, Muhammad Beshich (Jon Stouns, 46), Aaron Lennon, Jeyms Makkarti, Ross Barkli (Herard Deulofeu, 73), Tom Kleverli, Romelu Lukaku.

“Arsenal”: David Ospina, Ektor Belerin, Nacho Monreal, Gabriel Paulista, Loran Kosyelni, Muhammad El-Nenni, Fransis Koklen, Mesut O‘zil (Kiran Gibbz, 74), Aleks Ayuobi (Kalum Chembers, 86), Denni Uelbek (Olivye Jiru, 75), Aleksis Sanches.

31-turning qolgan o‘yinlari 19—20-mart kunlari bo‘lib o‘tadi:

19-mart, shanba
“Kristal Pelas” — “Lester”
“Vest Bromvich” — “Norvich”
“Uotford” — “Stok Siti”
“Chelsi” — “Vest Xem”
“Suonsi” — “Aston Villa”

20-mart, yakshanba
“Sautgempton” — “Liverpul”
“Nyukasl” — “Sanderlend”
“Tottenxem” — “Bornmut”
“Manchester Yunayted” — “Manchester Siti”

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн